فَإِذَا قَرَأْتَ ٱلْقُرْءَانَ فَٱسْتَعِذْ بِٱللَّهِ مِنَ ٱلشَّيْطَـٰنِ ٱلرَّجِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qur'on o`qigan chog`ingda, Allohdan quvilgan shayton (sharri)dan panoh so`ragin.Қуръон ўқиган чоғингда, Аллоҳдан қувилган шайтон (шарри)дан паноҳ сўрагин.Alauddin Mansour: (Ey moʻmin bandam), har qachon Qurʼon qiroat qilsang, albatta, quvilgan — malʼun shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini soʻragin!(Эй мўмин бандам), ҳар қачон Қуръон қироат қилсанг, албатта, қувилган — малъун шайтон (васвасаси)дан Аллоҳ паноҳ беришини сўрагин!
Yaʼni, avval «Aʼuuzu billahi minash shaytonir rojiym»ni aytib turib, keyin Qurʼon qiroatini boshlagin. «Aʼuuzu billahi»ni aytish Qurʼoni Karim tilovati uchun tilni poklaydi. Kishini Allohning kitobi Qurʼoni Karimni oʻqishga tayyorlaydi. Shaytonning vasvasasidan saqlaydi. Butun vujudi va shuurini Alloh tomon buradi. Ushbu oyati karimadan ulamolarimiz Qurʼon oʻqishni boshlamoqchi boʻlgan har bir insonga «Aʼuuzu billahi»ni aytish vojibligi hukmini chiqarganlar. Chunki, Alloh shunga amr qilmoqda. Allohning amri har bir moʻminga vojib. Uni qilmagan odam gunohkor boʻladi.