QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят1

سُبْحَـٰنَ ٱلَّذِىٓ أَسْرَىٰ بِعَبْدِهِۦ لَيْلًا مِّنَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ إِلَى ٱلْمَسْجِدِ ٱلْأَقْصَا ٱلَّذِى بَـٰرَكْنَا حَوْلَهُۥ لِنُرِيَهُۥ مِنْ ءَايَـٰتِنَآ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`z bandasini kechasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga mo`'jizalarimizni ko`rsatish uchun sayr qildirgan Zot pok bo`ldi. Albatta, U eshitguvchi va ko`rguvchi Zotdir.Ўз бандасини кечаси Масжидул Ҳаромдан атрофини баракали қилганимиз Масжидул Ақсога мўъжизаларимизни кўрсатиш учун сайр қилдирган Зот пок бўлди. Албатта, У эшитгувчи ва кўргувчи Зотдир.Alauddin Mansour: (Alloh) bir kecha, Oʻz bandasi (Muhammad)ni — unga oyat-moʻʼjizalarimizdan koʻrsatish uchun (Makkadagi) Masjidul-Haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qoʻygan Masjidul-Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok Zotdir. Darhaqiqat, U eshitguvchi, koʻrguvchi Zotdir.(Аллоҳ) бир кеча, Ўз бандаси (Муҳаммад)ни — унга оят-мўъжизаларимиздан кўрсатиш учун (Маккадаги) Масжидул-Ҳаромдан (Қуддусдаги) Биз атрофини баракотли қилиб қўйган Масжидул-Ақсога сайр қилдирган (барча айбу нуқсондан) пок Зотдир. Дарҳақиқат, У эшитгувчи, кўргувчи Зотдир.

282-sahifa · 15-juz · 29-hizb282-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سُبْحَـٰنَpok boʻldiпок бўлдиٱلَّذِىٓoʻsha zotўша зотأَسْرَىٰsayr qildirganсайр қилдирганبِعَبْدِهِۦoʻz bandasiniўз бандасиниلَيْلًۭاkechasiкечасиمِّنَ-dan-данٱلْمَسْجِدِMasjidulМасжидулٱلْحَرَامِHaromdanҲаромданإِلَى-ga-гаٱلْمَسْجِدِMasjidulМасжидулٱلْأَقْصَاAqsogaАқсогаٱلَّذِىoʻshakiўшакиبَـٰرَكْنَاBiz barakali qildikБиз баракали қилдикحَوْلَهُۥuning atrofiniунинг атрофиниلِنُرِيَهُۥunga koʻrsatish uchunунга кўрсатиш учунمِنْ-dan-данءَايَـٰتِنَآ ۚoyat-moʻʼjizalarimizniоят-мўъжизаларимизниإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, УهُوَOʻziЎзиٱلسَّمِيعُeshitguvchiэшитгувчиٱلْبَصِيرُkoʻrguvchi zotdirкўргувчи зотдир
TafsirТафсир

Oyati karimada Alloh taolo Oʻzini Oʻzi poklab yod qilmoqda va bandasi Muhammad sollallohu alayhi vasallamni isro qildirgani, yaʼni, kechaning bir qismida sayr qildirgani haqida xabar bermoqda. Oyatdagi «Oʻz bandasi»dan murod Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar. Muhammad sollallohu alayhi vasallam doimo Allohning bandasi ekanliklari bilan faxrlanib yurar edilar. Ushbu oyatda u zotning nomlari aytilmay,

«Oʻz bandasi» iborasi ishlatilishi ham Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uchun faxr hamda eng ogʻir paytda u kishi uchun tasallidir.

Qurʼoni Karimda

«Masjidul Harom» iborasi uch narsaga ishlatiladi.

Birinchisi–Kaʼbai Muazzama atrofidagi masjid.

Ikkinchisi–Makkai Mukarrama shahri.

Uchinchisi–Makkai Mukarrama atrofida haram uchun belgilangan chegara; kofirlar kirib boʻlmaydigan, ov ovlanib, oʻsimliklari kesilib yoki yulinib boʻlmaydigan, koʻpgina maʼlum ishlar harom etilgan mintaqaga nisbatan ham ishlatiladi.

Ushbu oyati karimadagi «Masjidul Harom» iborasi Makkai Mukarrama shahri maʼnosida kelgan. Isro kechasida Paygʻambarimiz Kaʼbai Muazzama atrofidagi masjidda emas, shaharning bir tarafida joylashgan amakilarining qizi Ummi Honiʼning uyida uxlab yotgan edilar.

«Masjidul Aqso»dan murod Shomi Sharifdagi Baytul Maqdisdir. «Aqso» soʻzi uzoq, chet maʼnolarini bildiradi. Masjid esa, ibodatxona, sajdagoh maʼnosini bildirishi hammaga maʼlum. Oʻsha paytda Baytul Maqdis Makkai Mukarramaga nisbatan uzoq va eng chetdagi ibodatxona hisoblanar edi. Shuning uchun ham, Alloh uni «Masjidul Aqso» deb nomladi. Alloh taolo Masjidul Aqsoning atrofini barakali qilib qoʻyganini ham aytmoqda.

«Oʻz bandasini kechasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga...»

Chunki, Baytul Maqdis, haqiqatan ham, Alloh tomonidan barakotli qilib qoʻyilgan bir joydir. Qadimdan bu yer Paygʻambarlar maskani, ibodatgohi boʻlgan. Muso alayhissalom, Iyso alayhissalom va ularning oralaridagi Paygʻambarlar ham shu yerda oʻtishgan. Ularga Allohning vahiysi shu yerda tushgan. Shuning oʻzi ham har qanday barakotdan ustun. Shu bilan birga, Alloh taolo bu joyni moddiy tomondan ham barakotli qilib qoʻygan. Ob-havosi, zilol suvlari, serunum tuproqlari ila bu joyni serhosil qilib qoʻygan.

«...moʻʼjizalarimizni koʻrsatish uchun...»

Isrodan–Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamni kechasi Masjidul Haromdan Masjidul Aqsoga sayr qildirishdan–murod u zotga moʻʼjizalarni koʻrsatish ekan. Darhaqiqat, bu hodisa asnosida, xususan, Meʼrojda Alloh taolo Oʻz bandasi va Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga koʻpdan-koʻp moʻʼjizalarni koʻrsatdi. Bu haqda «Najm» surasida: «Batahqiq, u Robbining ulkan oyatlaridan koʻrdi», deyiladi.

«Albatta, U eshitguvchi va koʻrguvchi Zotdir.»

Alloh taolo kim nima deganini eshitib, kim nima qilganini koʻrib turguvchi Zotdir.

Ushbu oyati karimada kelgan maʼlumotlar munosabati ila ikki narsa–Isro va Meʼroj nima ekanini ham toʻla tushunib olmogʻimiz lozim.

Isro, avval aytilganidek, lugʻatda «kechaning bir qismida sayr qilish», yurishni anglatadi.

Shariatda esa, Alloh taoloning Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamni kechalardan birida Masjidul Haromdan Masjidul Aqsoga sayr qildirishiga aytiladi. Yana shuni ham taʼkidlab aytish lozimki, Isro hodisasi tush emas, ruhiy safar ham emas, balki Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ham jasadlari, ham ruhlari ila qilgan safarlaridir. Agar tush yoki ruhiy safar boʻladigan boʻlsa, bu voqeaning moʻʼjizaligi qolmas edi. Oyati karimada «bandasini» deb taʼkidlanishi ham Isro hodisasi ham jasad, ham ruh bilan boʻlganini koʻrsatadi. Agar faqat ruh bilan boʻlganida, «bandasining ruhini» degan boʻlar edi.

«Meʼroj» lugʻatda «yuqoriga koʻtarilish» maʼnosini anglatadi. Shariatda esa, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Baytul Maqdisdan Sidratul Muntahoga, Allohning huzuriga koʻtarilishlariga aytiladi.

Muhaddislar rivoyat qilishlaricha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam xufton namozidan soʻng Ummi Honiʼ binti Abu Tolibning uyida uxlab yotganlarida Isro hodisasi boshlandi. Oʻsha kechasi Baytul Maqdisga Buroq nomli hayvonga minib bordilar. Soʻngra, u yerdagi katta xarsang tosh ustida turganlarida Meʼrojga koʻtarildilar. Hozirda oʻsha tosh ustiga qubba–gumbaz qurilgan, suvratlari dumaloq bino shaklida butun dunyoga tarqatilgan. Koʻpchilik, bilmasdan, uni Masjidul Aqso deb tushunadilar.

Meʼrojda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan Jabroil alayhissalom ham birga boʻldilar. Har osmonga yetganda u kishi eshikni ochishni soʻrardilar. Qoʻriqchi farishtalar:

«Kim?» deb soʻrashardi. U kishi:

«Jabroil», deb javob berardilar. Ular:

«Yoningdagi kim?» deb soʻrashardi. Jabroil alayhissalom:

«Muhammad», desalar, ular:

«Shundaymi? U Paygʻambar etib yuborildimi?» deya, eshikni ochib soʻrashishardi.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam har osmonda bir Paygʻambar va koʻplab farishtalar ila koʻrishdilar. Shuningdek, jannat va jahannamning holini koʻrdilar. Sidratul Muntahoga oʻtib, Allohning malakut olamida koʻpgina ajoyibotlarni koʻrdilar. Oʻshanda besh vaqt namoz farz qilindi. Soʻngra, ortga qaytdilar. Boʻlgan voqeani boricha ul zotning oʻzlari Ummi Honiʼga aytib berdilar: «Paygʻambarlar toʻplandilar, ularga namoz oʻqib berdim», dedilar. Soʻngra, masjidga chiqmoqchi boʻlib oʻrinlaridan turdilar. Ummi Honiʼ u kishining kiyimlariga yopishib oldi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:

«Senga nima boʻldi?»–dedilar. Ummi Honiʼ:

«Agar bu xabarni aytsang, qavming seni yolgʻonchiga chiqarishidan qoʻrqaman»,–dedi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Yolgʻonchiga chiqarsa ham mayli»–dedilar. Chiqib borib Abu Jahlning oldiga oʻtirdilar va Isro xabarini unga yetkazdilar. Shunda Abu Jahl:

«Ey, Bani Kaʼb ibn Luay jamoasi, kelinglar!»–deb baqirdi. Soʻngra, ularga boʻlgan gapni aytib berdi. Ular hayron boʻlib taajjubga tushdilar. Biri qarsak chalsa, boshqasi boshini ushlab hayronligini bildirdi. Iymon keltirganlardan baʼzilari murtad boʻlib, dindan qaytdi. Bir guruh odamlar Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhuning oldilariga yugurib borishdi. U kishi xabarni eshitgandan soʻng:

«Ul zot shu gaplarni aytdimi?»–deb soʻradilar. Ular:

«Ha»,–dedilar. U kishi:

«Agar ul zot aytgan boʻlsalar, toʻgʻri aytibdilar, men bunga shohidlik beraman»,–dedi. Ular:

«Shomga bir kechada borib, yana Makkaga tong otmay turib qaytib kelishiga ishonasanmi?!»–deyishdi. Abu Bakr:

«Men u kishining bundan gʻaribroq narsasini ham tasdiqlayman. Osmondan xabar aytishini ham tasdiqlayman»,–dedi. Shundan soʻng Abu Bakrni «Siddiq»–oʻta tasdiqlovchi, deb atay boshladilar.

Odamlarning ichida Baytul Maqdisga borganlari bor edi. Ular Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan oʻsha yerdagi masjid–ibodatxonani sifatlab berishni talab qildilar. Masjid Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga koʻrsatildi. U kishi sollallohu alayhi vasallam ularga masjidni–ibodatxonani vasf qila boshladilar. Ular:

«Ammo, vasfini toʻgʻri qildi»,–dedilar-da, soʻngra:

«Sen bizning karvonimizdan xabar ber»,–deyishdi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ularning karvonidagi tuyalar soni, ahvoli haqida toʻliq xabar berib, nihoyasida:

«Karvon falon kuni, quyosh chiqish paytida yetib keladi. Oldinda kulrang tuya boʻladi»,–dedilar. Oʻsha kuni hammalari shahar chetiga chiqib karvon kelishini kuta boshladilar. Ulardan biri:

«Mana quyosh ham chiqdi»,–dedi. Boshqasi esa:

«Mana, Allohga qasamki, karvon ham koʻrindi. Oldinda, Muhammad aytganidek, kulrang tuya kelmoqda»,–dedi. Ammo, shundoq boʻlsa ham, iymon keltirganlari yoʻq. Isro hodisasi buyuk moʻʼjiza edi. Buni bilgan odamlar iymon keltirmoqlari lozim edi. Ammo iymon keltirmadilar. Qadimda, Bani Isroil ham shunday qilgan edi. Ularga Alloh tomonidan Muso alayhissalom Paygʻambar boʻlib kelganlarida, u kishining ruhiy markazi Baytul Maqdis edi. U kishini ham Alloh taolo miyqotga chaqirib, oʻzi bilan alohida gaplashib, muhim narsalarni tayinlagan edi. Ammo Bani Isroil bunga ishonmadi. Qurayshliklar ham xuddi shunday qilmoqdalar. Lekin ular Bani Isroildan oʻrnak olishlari, oqibat nima boʻlishini oʻylab koʻrishlari lozim edi. Mana, boʻlib oʻtgan gaplarni bir eshitib qoʻysinlar: