قَالَ لَقَدْ عَلِمْتَ مَآ أَنزَلَ هَـٰٓؤُلَآءِ إِلَّا رَبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ بَصَآئِرَ وَإِنِّى لَأَظُنُّكَ يَـٰفِرْعَوْنُ مَثْبُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Anavilarni ko`zni ochguvchi qilib osmonlaru yerning Robbidan o`zga hech bir Zot tushirmaganini yaxshi bilasan. Albatta, men seni, ey Fir'avn, halok bo`lguvchisan deb o`ylayman», dedi.У: «Анавиларни кўзни очгувчи қилиб осмонлару ернинг Роббидан ўзга ҳеч бир Зот туширмаганини яхши биласан. Албатта, мен сени, эй Фиръавн, ҳалок бўлгувчисан деб ўйлайман», деди.Alauddin Mansour: (Muso) dedi: «(Ey Firʼavn), sen anavi ochiq-ravshan (moʻʼjizalarni) faqat osmonlar va Yerning Parvardigorigina nozil qilganini aniq bilursan. Hech shubha yoʻqki, ey Firʼavn, men seni halok qilinguvchi, deb oʻylamoqdaman».(Мусо) деди: «(Эй Фиръавн), сен анави очиқ-равшан (мўъжизаларни) фақат осмонлар ва Ернинг Парвардигоригина нозил қилганини аниқ билурсан. Ҳеч шубҳа йўқки, эй Фиръавн, мен сени ҳалок қилингувчи, деб ўйламоқдаман».
Ey Firʼavn, sen anovi toʻqqiz ochiq-oydin moʻʼjizalarni gʻaflat uyqusida qolganlar uchun koʻzlarini ochuvchi qilib osmonlaru yerning Robbi tushirganini, Undan oʻzga hech kim tushira olmasligini yaxshi bilasan. Lekin shunday boʻlsa ham, inkor qilmoqdasan. Iymonga kelmay, kufrda qolmoqdasan. Allohga banda boʻlmay, Allohning bandalariga xudo boʻlmoqchisan. Men seni ogohlantirib qoʻyay. Buning oqibati yaxshi boʻlmaydi. Bilib qoʻy, oqibatda halok boʻlasan.
Shunda, fikriy tortishuvda yengilishini sezgan Firʼavn kuch ishlatishga oʻtdi. Hamma zolimlar, togʻutlar shunday qiladilar: