وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَىٰ تِسْعَ ءَايَـٰتٍۭ بَيِّنَـٰتٍ ۖ فَسْـَٔلْ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ إِذْ جَآءَهُمْ فَقَالَ لَهُۥ فِرْعَوْنُ إِنِّى لَأَظُنُّكَ يَـٰمُوسَىٰ مَسْحُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Musoga to`qqizta ochiq-oydin oyat-mo`'jiza berdik. Bani Isroildan ularga u (Muso) kelgan payti(nima bo`lgani)ni so`ragin. Bas, Fir'avn unga: «Albatta, men seni, ey Muso, sehrlangansan deb o`ylayman», dedi.Батаҳқиқ, Биз Мусога тўққизта очиқ-ойдин оят-мўъжиза бердик. Бани Исроилдан уларга у (Мусо) келган пайти(нима бўлгани)ни сўрагин. Бас, Фиръавн унга: «Албатта, мен сени, эй Мусо, сеҳрлангансан деб ўйлайман», деди.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz Musoga toʻqqiz ochiq oyat-moʻʼjiza ato etdik. Soʻng u (Firʼavn va uning odamlarining oldiga) kelgan paytida, (unga): «Bani Isroilni (oʻz yurtlari Shomga qoʻyib yuborilishini, Firʼavndan) soʻragin», (deb amr etdik). Shunda Firʼavn unga: «Ey Muso, hech shubha yoʻqki, men seni sehr-joduga chalingan, deb oʻylamoqdaman», dedi.Аниқки, Биз Мусога тўққиз очиқ оят-мўъжиза ато этдик. Сўнг у (Фиръавн ва унинг одамларининг олдига) келган пайтида, (унга): «Бани Исроилни (ўз юртлари Шомга қўйиб юборилишини, Фиръавндан) сўрагин», (деб амр этдик). Шунда Фиръавн унга: «Эй Мусо, ҳеч шубҳа йўқки, мен сени сеҳр-жодуга чалинган, деб ўйламоқдаман», деди.
Biz Musoni Paygʻambar qilib yuborganimizda, uning Paygʻambarligini tasdiqlovchi toʻqqizta ochiq-oydin moʻʼjizani ham ato etdik. Bu moʻʼjizalar–qoʻl, aso, toʻfon, chigirtka, bit, baqalar, qon, ocharchilik yillari va mevalarning kamchil boʻlishi hodisalari edi. Bu moʻʼjizalar haqida «Aʼrof» surasida va boshqa suralarda soʻz ketgan.
«Bani Isroildan ularga u (Muso) kelgan payti(nima boʻlgani)ni soʻragin.»
Ular bu ishga guvohdirlar. Ular Muso alayhissalom bilan Firʼavn orasida nima boʻlib oʻtganini yaxshi biladilar. Oʻshanda:
«Firʼavn unga: «Albatta, men seni, ey Muso, sehrlangansan deb oʻylayman», dedi».
Firʼavn–jabri, zulmi va hukmi hamda gap va soʻzini hammaga oʻtkazib oʻrganib qolgan kofir podshohdir. U odamlarni oʻz shaxsiga banda qilib olgan edi. Uning oldida hech kim lom-lim deb ogʻiz ocha olmasdi. Bora-bora, bu zolim yurtidagi odamlarga robblik daʼvosini qildi, men sizlarning oliy robbingizman, dedi. Ana shunday darajaga yetgan togʻut oldiga chiqib Muso alayhissalomning haq gapni aytishlari, Allohning tavhidiga chaqirishlari, zulm, tugʻyon va odamlarga ozor berishni tark etib Allohga boʻyin egishga daʼvat qilishlari gʻalati tuyildi. Firʼavn qarshisida odatdan tashqari gaplarni qoʻrqmay gapirayotgan odamni koʻrib, buning es-hushi joyida boʻlmasa kerak, ehtimol, sehrlangandir, boʻlmasa, bunchalik gaplarni jurʼat etib gapirmas edi, deb oʻyladi. Odatda, tugʻyonga ketgan zolim podshohlar shunday boʻladi. Hamma gap oʻsha zolimdan chiqadi, atrofidagilar, toʻgʻritoʻgʻri, haq gapni aytdingiz, deb turishdan boshqaga yaramaydi. Agar birov aqlliroq gap aytsa, oʻzini xudo fahmlayotgan togʻutga suiqasd qilgandek tuyiladi. Oʻsha zolimdan boshqa ham aqlli odam borga oʻxshab qoladi. Oʻrtada noqulaylik paydo boʻladi. Shunda Firʼavnning oldida aqlli gap gapirishga jurʼat qilgan odam tezlik bilan jinniga chiqariladi yoki «Sehrlanib, miyasi aynib qolibdi», deyiladi. Muso alayhissalomdan haq gaplarni eshitgan Firʼavn ham ana shunday yoʻl tutdi. Muso alayhissalomni «sehrlangan» deb eʼlon qildi. Ammo Muso alayhissalom ikkilanmadilar. U kishi haq oʻzlari tomonda ekanini, ortlarida olamlarning Robbi turganini yaxshi bilar edilar. Shuning uchun ham, u kishi Firʼavnga: