قُل لَّوْ أَنتُمْ تَمْلِكُونَ خَزَآئِنَ رَحْمَةِ رَبِّىٓ إِذًا لَّأَمْسَكْتُمْ خَشْيَةَ ٱلْإِنفَاقِ ۚ وَكَانَ ٱلْإِنسَـٰنُ قَتُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar sizlar Robbim rahmati xazinalariga ega bo`lsangiz ham, uni sarflashdan qo`rqib, mumsiklik qilgan bo`lar edingiz. Inson zoti, o`zi, baxil bo`lur», deb ayt.Сен: «Агар сизлар Роббим раҳмати хазиналарига эга бўлсангиз ҳам, уни сарфлашдан қўрқиб, мумсиклик қилган бўлар эдингиз. Инсон зоти, ўзи, бахил бўлур», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, u mushriklarga) ayting: «Agar sizlar Parvardigorimning rahmat-rizq xazinalariga ega boʻlsangizlar, oʻshanda ham (uni) ishlatishdan (tugatib qoʻyishdan) qoʻrqib, mumsiklik-baxillik qilgan boʻlur edingizlar». (Chunki) inson zoti xasis boʻlur.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, у мушрикларга) айтинг: «Агар сизлар Парвардигоримнинг раҳмат-ризқ хазиналарига эга бўлсангизлар, ўшанда ҳам (уни) ишлатишдан (тугатиб қўйишдан) қўрқиб, мумсиклик-бахиллик қилган бўлур эдингизлар». (Чунки) инсон зоти хасис бўлур.
Alloh taoloning rahmati va Uning xazinasi juda ham keng. Ammo kofirlar–feʼli tor, oʻzi baxil kofirlar, farazan, qoʻllariga oʻsha xazina tasarrufi tushib qolsa ham, mumsiklik qilib, tugab qoladi deb, qoʻrqib, birovga undan hech narsa bermas edilar.
Alloh taolo ana oʻsha haqiqatni kofiru mushriklarning yuzlariga ochiq aytib, bayon qilishni amr etib:
«Agar sizlar Robbim rahmati xazinalariga ega boʻlsangiz ham, uni sarflashdan qoʻrqib, mumsiklik qilgan boʻlar edingiz», deb ayt, ey Paygʻambarim, demoqda.
Va bu holat hamma odamlarda ham boʻlishi mumkin narsa ekanligiga ishora qilib, soʻzining davomida:
«Inson zoti, oʻzi, baxil boʻlur», deb ayt», deb amr qilmoqda. Ana oʻsha har kimda boʻlishi mumkin boʻlgan mumsiklik sifatini Islomiy tarbiya toʻgʻri yoʻlga solishi mumkin, xolos. Iymon–Islomdan uzoqda boʻlganlar esa, xuddi ushbu oyati karimada zikr qilinganidek boʻladilar.
Koʻngli tor, baxil odamlarning qalbi ham qattiq boʻladi. Turli-tuman moʻʼjizalarni koʻrib turib ham unday odamlar iymonga kelmaydilar. Misol uchun, Muso alayhissalomga Alloh taolo toʻqqizta turli moʻʼjizalarni berdi. Ammo kofirlar shunda ham iymonga kelmadilar.