QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят99

۞ أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ قَادِرٌ عَلَىٰٓ أَن يَخْلُقَ مِثْلَهُمْ وَجَعَلَ لَهُمْ أَجَلًا لَّا رَيْبَ فِيهِ فَأَبَى ٱلظَّـٰلِمُونَ إِلَّا كُفُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular osmonlaru yerni yaratgan Alloh ularga o`xshashini yaratishga qodir ekanini va ular uchun shak-shubhasiz ajal belgilaganini bilmadilarmi?! Bas, zolimlar kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.Улар осмонлару ерни яратган Аллоҳ уларга ўхшашини яратишга қодир эканини ва улар учун шак-шубҳасиз ажал белгилаганини билмадиларми?! Бас, золимлар куфрдан бошқа нарсадан бош тортдилар.Alauddin Mansour: Axir ular (kofirlar) osmonlar va Yerni yaratgan zot – Alloh – ularning (yaʼni, insonlarning) mislini ham yaratishga qodir ekanini bilmadilarmi?! (Alloh) ular uchun (yaʼni, oʻlishlari va qayta tirilishlari uchun) aniq bir muddatni belgilab qoʻygandir. Lekin zolim kimsalar faqat kufrgagina rozi boʻlurlar.Ахир улар (кофирлар) осмонлар ва Ерни яратган зот – Аллоҳ – уларнинг (яъни, инсонларнинг) мислини ҳам яратишга қодир эканини билмадиларми?! (Аллоҳ) улар учун (яъни, ўлишлари ва қайта тирилишлари учун) аниқ бир муддатни белгилаб қўйгандир. Лекин золим кимсалар фақат куфргагина рози бўлурлар.

292-sahifa · 15-juz · 30-hizb292-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ أَوَلَمْaxir emasmiахир эмасмиيَرَوْا۟ular bilmadilarmiулар билмадилармиأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳٱلَّذِىU zotkiУ зоткиخَلَقَyaratganяратганٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниقَادِرٌqodirқодирعَلَىٰٓ-ga-гаأَن-ish-ишيَخْلُقَyaratishgaяратишгаمِثْلَهُمْularga oʻxshashiniуларга ўхшашиниوَجَعَلَva belgiladiва белгиладиلَهُمْular uchunулар учунأَجَلًۭاajalажалلَّاemas (yoʻq)эмас (йўқ)رَيْبَshak-shubhaшак-шубҳаفِيهِundaундаفَأَبَىbas, bosh tortdilarбас, бош тортдиларٱلظَّـٰلِمُونَzolimlarзолимларإِلَّاfaqat ... boshqaфақат ... бошқаكُفُورًۭاkufrdanкуфрдан
TafsirТафсир

Oʻsha kofirlar aqllarini ishlatib oʻylab koʻrganlarida, avvalgi oyatdagi «Agar suyak va titilgan tuproq boʻlsak ham, albatta qayta tiriltirilurmizmi?» degan gaplarini aytmas edilar.

«Ular osmonlaru yerni yaratgan Alloh ularga oʻxshashini yaratishga qodir ekanini va ular uchun shak-shubhasiz ajal belgilaganini bilmadilarmi?!»

Borliqdagi barcha mavjudotni va osmonlaru yerni yaratgan Zotga oʻsha borliqdagi kichkinagina zarracha hisoblangan insonni qayta yaratish nima ish boʻlibdi!

Alloh ular uchun shak-shubhasiz ajal belgilagandir.

Yaratilishlari, hayotda boʻlishlari, qayta tirilishlari, hammahammasining vaqti aniq belgilab qoʻyilgandir. Belgilangan oʻsha ajaldan oldinga ham, keyinga ham surilmaydi. Aynan oʻsha belgilangan vaqtda boʻladi.

«Bas, zolimlar kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.»

Ular faqat kufrni ixtiyor qilib turib oldilar. Shuning uchun ham, aqllarini ishlatib haqiqatni idrok eta olmadilar.

Ey Paygʻambar, ularga: