ذَٰلِكَ جَزَآؤُهُم بِأَنَّهُمْ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَقَالُوٓا۟ أَءِذَا كُنَّا عِظَـٰمًا وَرُفَـٰتًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`sha, Bizning oyatlarimizga kufr keltirganlari va «Agar suyak va titilgan tuproq bo`lsak ham, albatta yangitdan yaratilib, qayta tiriltirilurmizmi?!» deganlari uchun jazolaridir.Ана ўша, Бизнинг оятларимизга куфр келтирганлари ва «Агар суяк ва титилган тупроқ бўлсак ҳам, албатта янгитдан яратилиб, қайта тирилтирилурмизми?!» деганлари учун жазоларидир.Alauddin Mansour: Bu Bizning oyatlarimizga kofir boʻlganlari hamda: «Suyak va (chirik) murdalarga aylangan vaqtimizda yangitdan yaralib qayta tirilurmizmi?!», deganlari sababli, ularga berilgan jazodir.Бу Бизнинг оятларимизга кофир бўлганлари ҳамда: «Суяк ва (чирик) мурдаларга айланган вақтимизда янгитдан яралиб қайта тирилурмизми?!», деганлари сабабли, уларга берилган жазодир.
Ushbu oyatda jahannamiylarning oxirat jazosiga mubtalo boʻlishlarining sababi boʻlgan ikkita bosh gunohlari eslatilmoqda.
Birinchisi–Allohning oyatlariga iymon keltirmaganlari.
«Bizning oyatlarimizga kufr keltirganlari...»
Ikkinchisi–qayta tirilishga ishonmaganlari.
«Agar suyak va titilgan tuproq boʻlsak ham, albatta yangitdan yaratilib, qayta tiriltirilurmizmi?!» deganlari...»
Dunyodagi hamma yomonliklar ushbu ikki sababdan kelib chiqadi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Allohning oyatlariga ishonmay, ularga kufr keltirish orqali aqiyda masalasidagi hamma narsalar teskari ketadi. Inson oʻsha ilohiy koʻrsatmalar boʻyicha yashashdan bosh tortgani uchun hamma ishda notoʻgʻri koʻrsatmalarga amal qilib, rasvoi olam boʻladi.
Qayta tiriltirishga ishonmagan inson bu dunyoda xohlagan yomonligini qilaveradigan boʻlib qoladi. Oxiratga, unda qayta tirilib, bu dunyodagi har bir qilmishiga javob berishga ishonmagan odam besh kunlik bevafo dunyoning matohidan iloji boricha koʻproq foyda olish payidan boʻlib qoladi. Tabiiyki, u mazkur jilovsiz xohishni halol-pok yoʻl bilan qondirishi mumkin emas. Natijada, iymonsiz inson hech qanday yomonlikni kiprik qoqmay qilaveradigan boʻlib qoladi. Oxir-oqibat kelib bir oyat yuqorida zikr qilingan:
«Ularni qiyomat kuni yuztuban, koʻr, kar, soqov hollarida toʻplaymiz. Ularning turar joylari jahannamdir. U qachon sokin boʻlsa, ularga olovni ziyoda qilamiz», degan ilohiy xabarda zikr qilingan jahannamiylar qatoriga qoʻshiladi.
Kelgusi oyat ularning gʻaflatda aytgan gaplarini muhokama qiladi: