وَمَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلْمُهْتَدِ ۖ وَمَن يُضْلِلْ فَلَن تَجِدَ لَهُمْ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِهِۦ ۖ وَنَحْشُرُهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ عُمْيًا وَبُكْمًا وَصُمًّا ۖ مَّأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ كُلَّمَا خَبَتْ زِدْنَـٰهُمْ سَعِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh kimni hidoyat qilsa, o`sha hidoyat topguvchidir. U kimni adashtirsa, ularga Undan o`zga zinhor valiylar topa olmassan. Ularni qiyomat kuni yuztuban, ko`r, kar, soqov hollarida to`playmiz. Ularning turar joylari jahannamdir. U qachon sokin bo`lsa, ularga olovni ziyoda qilamiz.Аллоҳ кимни ҳидоят қилса, ўша ҳидоят топгувчидир. У кимни адаштирса, уларга Ундан ўзга зинҳор валийлар топа олмассан. Уларни қиёмат куни юзтубан, кўр, кар, соқов ҳолларида тўплаймиз. Уларнинг турар жойлари жаҳаннамдир. У қачон сокин бўлса, уларга оловни зиёда қиламиз.Alauddin Mansour: Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, oʻsha hidoyat topguchidir. U zot kimni yoʻldan ozdirsa, bas, ular uchun Undan oʻzga doʻst madadkorlarni topa olmassiz, ularni Qiyomat Kunida yuztuban hollarida koʻr, soqov, kar qilib tiriltirurmiz. Ularning borar joylari jahannamdir. Har qachon (jahannam oʻti) susaysa, Biz ularga olovni lovullatib yuborurmiz.Аллоҳ кимни ҳидоят қилса, бас, ўша ҳидоят топгучидир. У зот кимни йўлдан оздирса, бас, улар учун Ундан ўзга дўст мададкорларни топа олмассиз, уларни Қиёмат Кунида юзтубан ҳолларида кўр, соқов, кар қилиб тирилтирурмиз. Уларнинг борар жойлари жаҳаннамдир. Ҳар қачон (жаҳаннам ўти) сусайса, Биз уларга оловни ловуллатиб юборурмиз.
Alloh taolo insonni yaratgach, unga turli isteʼdod va aqlni berib, Paygʻambar yuborib, hidoyat va zalolat yoʻlini koʻrsatib qoʻyib, ixtiyorini oʻziga bergan. Aqlini ishlatib hidoyat yoʻlini ixtiyor etgan bandalarini hidoyatga boshlaydi. Ana oʻsha odam haqiqiy hidoyat topgan odam boʻladi. Ha,
«Alloh kimni hidoyat qilsa, oʻsha hidoyat topguvchidir».
Havoyi nafsining gapiga kirib, zalolat yoʻlini ixtiyor etganlarni esa, zalolatga ketkazadi. Ana oʻshalar haqiqiy zalolatga ketgan boʻladilar. Alloh zalolatga ketkazsa, unday kimsalar oʻzlariga undan boshqa yordam beruvchi topa olmaydilar.
«U kimni adashtirsa, ularga Undan oʻzga zinhor valiylar topa olmassan.»
Ularning holi, ayniqsa, qiyomat kuni achinarli boʻladi.
«Ularni qiyomat kuni yuztuban, koʻr, kar, soqov hollarida toʻplaymiz.»
Alloh taolo hamma bandalarni qiyomat kuni tiriltirib mahsharga toʻplaganida, zalolatga ketgan oʻsha kimsalarni yuztuban, koʻr, kar va soqov qilib toʻplaydi. Ular hech narsani koʻra olmaydilar, hech narsani eshita olmaydilar va hech narsani gapira olmaydilar. Azob farishtalari ularni oyoqlaridan tutib, yuzlarini yerga qaratib, jahannam tomon sudrab ketadilar. Nihoyat, ular oʻz turar joylariga erishadilar.
«Ularning turar joylari jahannamdir.»
U yerda ular turli azob-uqubatlarga duchor boʻladilar. Mabodo, jahannamda sokinlik boʻlib qolsa, Alloh darrov chora koʻradi:
«U qachon sokin boʻlsa, ularga olovni ziyoda qilamiz».
Yaʼni, ahli jahannam bitmas-tuganmas azobda ushlab turiladi. Ularning bunchalik azob-uqubatlarga duchor boʻlishlarining sababi keyingi oyatda bayon qilinadi: