QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят96

قُلْ كَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًۢا بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرًۢا بَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning O`zi kifoya qilur. Albatta, U O`z bandalaridan xabardor va ularni ko`rib turguvchi Zotdir», deb ayt.Сен: «Мен билан сизнинг орамизда гувоҳликка Аллоҳнинг Ўзи кифоя қилур. Албатта, У Ўз бандаларидан хабардор ва уларни кўриб тургувчи Зотдир», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Men bilan sizlarning oʻrtamizda Allohning Oʻzi yetarli guvohdir. Albatta, U bandalaridan ogoh va (ularni) koʻrib turguvchi boʻlgan Zotdir».Айтинг: «Мен билан сизларнинг ўртамизда Аллоҳнинг Ўзи етарли гувоҳдир. Албатта, У бандаларидан огоҳ ва (уларни) кўриб тургувчи бўлган Зотдир».

291-sahifa · 15-juz · 29-hizb291-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтكَفَىٰkifoya qilurкифоя қилурبِٱللَّهِAllohning OʻziАллоҳнинг Ўзиشَهِيدًۢاguvohlikkaгувоҳликкаبَيْنِىmen bilanмен биланوَبَيْنَكُمْ ۚva sizning orangizdaва сизнинг орангиздаإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, УكَانَerurэрурبِعِبَادِهِۦOʻz bandalaridanЎз бандалариданخَبِيرًۢاxabardorхабардорبَصِيرًۭاkoʻrib turguvchiкўриб тургувчи
TafsirТафсир

Odamlar haqiqatni tushunmasalar, Paygʻambarlik nima ekanini anglashni xohlamasalar, ular bilan tortishib oʻtirishning hojati yoʻq, ularni Allohning Oʻziga havola qilib qoʻyish kerak. Kofirlarga:

«Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning Oʻzi kifoya qilur», deb ayt.

Orada boʻlib oʻtgan gapu soʻzlar va muomalalarga Allohning Oʻzi guvoh. Paygʻambarning ixlos bilan vazifasini ado etganiga, odamlarning ozorlariga chidaganiga, tortgan aziyatlariga ham Alloh guvoh. Kofirlarning Paygʻambarni yolgʻonchiga chiqarganlariga ham, unga ozor berganlariga ham, undan turli moʻʼjizalar keltirishni nooʻrin talab qilganlariga ham, «Alloh bashardan Paygʻambar yuboradimi?» deb iymon keltirmaganlariga ham Allohning Oʻzi guvoh.

«Albatta, U Oʻz bandalaridan xabardor va ularni koʻrib turguvchi Zotdir.»

Alloh har bir gap-soʻz, qilingan ish, niyat va koʻngildan oʻtgan barcha oʻy-xayollardan xabardor Zotdir. Shu xabardorligi asosida ular orasida hukm chiqaradi. Alloh taolo har bir bandasi qayerda nima ish bilan mashgʻulligini, nima deyayotganiyu nima qilayotganini koʻrib turadi. Shu koʻrib turishi asosida ular orasida hukm chiqaradi. Bu hukm qiyomat kuni chiqariladi.