QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят95

قُل لَّوْ كَانَ فِى ٱلْأَرْضِ مَلَـٰٓئِكَةٌ يَمْشُونَ مُطْمَئِنِّينَ لَنَزَّلْنَا عَلَيْهِم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَلَكًا رَّسُولًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar yer yuzida farishtalar xotirjam yurganlarida, ularga osmondan farishta Payg`ambar tushirgan bo`lar edik», deb ayt.Сен: «Агар ер юзида фаришталар хотиржам юрганларида, уларга осмондан фаришта Пайғамбар туширган бўлар эдик», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Agar bu — Yerda (odamlar emas, balki) farishtalar maskan tutib yurganlarida edi, albatta, Biz (yaʼni, Alloh) ularga osmondan farishta paygʻambarni tushirgan boʻlur edik».Айтинг: «Агар бу — Ерда (одамлар эмас, балки) фаришталар маскан тутиб юрганларида эди, албатта, Биз (яъни, Аллоҳ) уларга осмондан фаришта пайғамбарни туширган бўлур эдик».

291-sahifa · 15-juz · 29-hizb291-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلsen aytсен айтلَّوْagarагарكَانَboʻlganidaбўлганидаفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаمَلَـٰٓئِكَةٌۭfarishtalarфаришталарيَمْشُونَyurganlaridaюрганларидаمُطْمَئِنِّينَxotirjamхотиржамلَنَزَّلْنَاalbatta tushirgan boʻlar edikалбатта туширган бўлар эдикعَلَيْهِمulargaуларгаمِّنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmondanосмонданمَلَكًۭاfarishtaфариштаرَّسُولًۭاPaygʻambarПайғамбар
TafsirТафсир

Alloh barcha maxluqotlarni yaratgan Zot sifatida ularga qanday narsa mos kelishini Oʻzi yaxshi biladi. Alloh odamlarni yaratgan Zot sifatida ularga kimni Paygʻambar qilib yuborishni yaxshi biladi. Yer yuzida xotirjam yashab yurganlar odamlar boʻlgani uchun ularga odamlarni Paygʻambar qildi. Agar yer yuzida xotirjam yashab yurganlar farishtalar boʻlganida, ularga osmondan farishta Paygʻambar tushirgan boʻlar edi.

Paygʻambar Allohning elchisi boʻlishi bilan birga, Uning amr va nahyilarini oʻz timsolida akslantirib, shariat hukmlariga amal qilishda oʻrnak boʻladigan birinchi shaxs hamdir. Agar odamlarga farishta Paygʻambar qilib yuborilsa va u shariat hukmlariga amal qilib koʻrsatsa, Paygʻambar oddiy odamdan boʻlmasligi kerak-da, degan nobakorlar birinchi boʻlib: «Bu Paygʻambar–farishta, shuning uchun shariat hukmlariga oson amal qiladi, biz oddiy basharmiz, uning qilganini qila olmaymiz», degan boʻlar edilar. Paygʻambar oddiy bashardan chiqarilsa, bunday daʼvo qila olmaydilar.