وَمَا مَنَعَ ٱلنَّاسَ أَن يُؤْمِنُوٓا۟ إِذْ جَآءَهُمُ ٱلْهُدَىٰٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓا۟ أَبَعَثَ ٱللَّهُ بَشَرًا رَّسُولًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlarga hidoyat kelgan paytda iymon keltirishlaridan man qilgan narsa, faqat, Alloh bashardan Payg`ambar yuboradimi, deyishlari bo`ldi.Одамларга ҳидоят келган пайтда иймон келтиришларидан ман қилган нарса, фақат, Аллоҳ башардан Пайғамбар юборадими, дейишлари бўлди.Alauddin Mansour: Odamlarga hidoyat kelgan paytida, faqat: «Alloh (farishtalarni emas, balki) odamzodni paygʻambar qilib yuboribdimi?!», degan soʻzlarigina ularni iymon keltirishlaridan toʻsdi.Одамларга ҳидоят келган пайтида, фақат: «Аллоҳ (фаришталарни эмас, балки) одамзодни пайғамбар қилиб юборибдими?!», деган сўзларигина уларни иймон келтиришларидан тўсди.
Odamlardagi bu notoʻgʻri tasavvur «Odam bolasi» sifati Alloh taolo huzurida naqadar oliy martabada ekanini tushunib yetmasliklaridan kelib chiqqandir. Ular farishta va boshqa maxluqotlardan koʻra, odamni Alloh azizu mukarram qilib qoʻyganini anglab yetmas edilar. Agar odam Allohning yoʻlida yurib, buyurgan ishlarini qilib, qaytarganlaridan qaytsa, farishtadan afzal boʻlishini idrok etmas edilar. Ular odam bolasi ichidan eng pok va sodiqlari tanlab olinib Paygʻambar qilinishi barcha insoniyat uchun shon- sharaf ekanini tushunmas edilar. Odam bolasi bilan farishtalarning xususiyatlarini farq eta olmasdan, Alloh bashardan Paygʻambar yuboradimi, deb ajablanishadi. Hamda oʻzlariga oʻxshagan basharga ergashishdan bosh tortib, iymondan yuz oʻgiradilar.
Ey Paygʻambar, sen ularning bu gaplariga javoban: