أَوْ يَكُونَ لَكَ بَيْتٌ مِّن زُخْرُفٍ أَوْ تَرْقَىٰ فِى ٱلسَّمَآءِ وَلَن نُّؤْمِنَ لِرُقِيِّكَ حَتَّىٰ تُنَزِّلَ عَلَيْنَا كِتَـٰبًا نَّقْرَؤُهُۥ ۗ قُلْ سُبْحَانَ رَبِّى هَلْ كُنتُ إِلَّا بَشَرًا رَّسُولًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Yoki sening oltindan bezalgan uying bo`lmagunicha, yoxud osmonga ko`tarilmaguning-cha, o`sha ko`tarilishingga ham toki biz o`qishimiz uchun kitob keltirmaguningcha, ishonmaymiz», (dedilar). Sen: «Robbim pok bo`ldi. Men faqat bashar Payg`ambardan boshqa narsa emasman», degin.«Ёки сенинг олтиндан безалган уйинг бўлмагунича, ёхуд осмонга кўтарилмагунинг-ча, ўша кўтарилишингга ҳам токи биз ўқишимиз учун китоб келтирмагунингча, ишонмаймиз», (дедилар). Сен: «Роббим пок бўлди. Мен фақат башар Пайғамбардан бошқа нарса эмасман», дегин.Alauddin Mansour: Yoki sening oltindan bir uying boʻlmagunicha, yoxud oʻzing (koʻz oldimizda) osmonga koʻtarilmaguningcha (hargiz senga iymon keltirmaymiz). Toki, bizlarga oʻqiydigan biron kitob tushirmas ekansan, bu (osmonga) koʻtarilishingga ham hargiz ishonmaymiz». Ayting: «Ey Pok Parvardigorim, men faqat elchi-paygʻambar boʻlgan bir odam edim-ku!»Ёки сенинг олтиндан бир уйинг бўлмагунича, ёхуд ўзинг (кўз олдимизда) осмонга кўтарилмагунингча (ҳаргиз сенга иймон келтирмаймиз). Токи, бизларга ўқийдиган бирон китоб туширмас экансан, бу (осмонга) кўтарилишингга ҳам ҳаргиз ишонмаймиз». Айтинг: «Эй Пок Парвардигорим, мен фақат элчи-пайғамбар бўлган бир одам эдим-ку!»
Kofirlar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga qilayotgan nooʻrin takliflarini davom ettirmoqdalar:
«Yoki sening oltindan bezalgan uying boʻlmagunicha...» senga iymon ketirmaymiz.
Kofirlar oddiy inson Allohning Paygʻambari boʻlishini hech aqllariga sigʻdira olmaydilar. Ularning tasavvurida Paygʻambar yo farishta boʻlishi kerak, yoki qandaydir ajabtovur, boshqalardan alohida ajralib turadigan odam boʻlishi kerak. Hech boʻlmasa, Paygʻambarning yashaydigan uyi boshqalardan ajralib turishi, misol uchun, oltindan qurilib, boshqacha bezatilgan boʻlishi lozim...
Shuningdek, kofirlar tasavvurida boshqalarga oʻxshab yeb-ichadigan, bozorda yuradigan oddiy odam Paygʻambar boʻlishi mumkin emas. U Paygʻambar boʻlganidan keyin turli gʻayritabiiy ishlarni qiladigan boʻlishi kerak.
Misol uchun:
«yoxud osmonga koʻtarilmaguningcha, oʻsha koʻtarilishingga ham toki biz oʻqishimiz uchun kitob keltirmaguningcha, ishonmaymiz», (dedilar).
Yaʼni, Paygʻambar osmondan, Allohning oldidan unga kitob tushayotganini daʼvo qilyapti, oʻzi osmonga chiqib koʻrsatsin, oʻsha chiqqanda bir yoʻla kitobni ham olib tushib odamlarga bersin, ular oʻqisinlar.
Kofirlarning bu takliflariga qanday javob berishni Allohning Oʻzi oʻrgatmoqda:
«Sen: «Robbim pok boʻldi. Men faqat bashar Paygʻambardan boshqa narsa emasman», degin».
Arab tilida «Subhanalloh!» («Alloh pok boʻldi») kalimasi ajablanish maʼnosida ham ishlatiladi. Shuning uchun ham, oyati karimadagi «Subhana Robbii» iborasini «Robbim pok boʻldi» deb tarjima qilindi.
Paygʻambar Allohning elchisi boʻlsa ham, avvalo, bashar, oddiy odam; odam bolasiga xos hamma narsalar unga ham joriy boʻladi. U oddiy odam uchraydigan barcha narsalarga uchraydi. Paygʻambarligi esa, Allohning bergan farmonlarini amalga oshirish bilan boʻladi. U oʻzicha biror narsani, jumladan, kofirlar taklif qilayotgan mazkur ishlarni ham qila olmaydi. Bular uning vazifasi doirasiga kirmaydi. Bu ishlar faqat Alloh taoloning Oʻziga xosdir. Xuddi mana shu holatni idrok eta olmaslik, xususan, oddiy basharning Paygʻambar boʻlishini tasavvur qila olmaslik qadimdan odamlarni iymondan toʻsib kelgan.