أَوْ تُسْقِطَ ٱلسَّمَآءَ كَمَا زَعَمْتَ عَلَيْنَا كِسَفًا أَوْ تَأْتِىَ بِٱللَّهِ وَٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ قَبِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki o`zing da'vo qilganingdek, ustimizdan osmonni parcha-parcha qilib tushirmaguningcha yoxud Allohni va farishtalarni oldimizga keltirmaguningcha» (senga iymon keltirmasmiz, dedilar).Ёки ўзинг даъво қилганингдек, устимиздан осмонни парча-парча қилиб туширмагунингча ёхуд Аллоҳни ва фаришталарни олдимизга келтирмагунингча» (сенга иймон келтирмасмиз, дедилар).Alauddin Mansour: Yoki, oʻzing daʼvo qilganingdek, osmonni ustimizga parcha-parcha qilib tushirmaguningcha yoki Alloh va farishtalarini oldimizga keltirmaguningcha;Ёки, ўзинг даъво қилганингдек, осмонни устимизга парча-парча қилиб туширмагунингча ёки Аллоҳ ва фаришталарини олдимизга келтирмагунингча;
Bu taklif avvalgilaridan ham beodobona taklifdir. Bu taklifda ochiqdan-ochiq tajovuzkorlik, Allohning qudratidan qoʻrqmaslik koʻrinib turibdi. Ular Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga u zot ularni ogohlantirish maʼnosida, agar iymonga kelmasalar, Allohning azobiga giriftor boʻlishlarini eslatganlarini yuzlariga solib:
«Yoki oʻzing daʼvo qilganingdek, ustimizdan osmonni parcha-parcha qilib tushirmaguningcha», senga iymon keltirmaymiz, demoqdalar.
Holbuki, ustlariga osmon parcha-parcha qilib tushirilsa, iymon keltirishga vaqtlari qolmaydi. Kofir hollarida oʻlib ketadilar. Eng muhimi, avval bir necha marta taʼkidlanganidek, Muhammad sollallohu alayhi vasallam oxirgi Paygʻambar boʻlganlari uchun, Alloh u kishining qavmlarini tamomiyla halok etishni iroda etmagandir.
«...yohud Allohni va farishtalarni oldimizga keltirmaguningcha...» senga iymon keltirmaymiz, dedilar.
Alloh taolo har bandaning oldiga Oʻzi farishtalar bilan kelishi, koʻzlariga koʻrinishi joriy boʻlganida Paygʻambar yuborishining keragi qolmasdi. Umuman, ushbu aqiydaning asosi boʻlgan gʻaybga ishonishning oʻzi ham, ahamiyati ham yoʻqolardi.