أَوْ تَكُونَ لَكَ جَنَّةٌ مِّن نَّخِيلٍ وَعِنَبٍ فَتُفَجِّرَ ٱلْأَنْهَـٰرَ خِلَـٰلَهَا تَفْجِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Yoki sening xurmo va uzum bog`ing bo`lib va ularning orasidan anhorlarni otiltirib chiqarmaguningcha.«Ёки сенинг хурмо ва узум боғинг бўлиб ва уларнинг орасидан анҳорларни отилтириб чиқармагунингча.Alauddin Mansour: Yo sening xurmozor, uzumzor bogʻing boʻlib, uning oʻrtasidan yorib daryolar paydo qilmasang;Ё сенинг хурмозор, узумзор боғинг бўлиб, унинг ўртасидан ёриб дарёлар пайдо қилмасанг;
Bu ham avvalgi taklifga oʻxshab, ularning koʻzlariga baʼzi bir arzimagan moddiy narsalarni koʻrsatib qoʻyishni talab qilishdan iborat. Ular Qurʼoni Karimdek ulkan, ochiq-oydin moʻʼjiza bir yonda qolib, xurmo va uzum bogʻlarni, orasidan anhor suvlari otilib turishini istadilar. Shundagina Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirar emishlar. Eng qizigʻi shuki, ularga oʻsha talab qilgan moʻʼjizalari keltirilganda ham, tajribada sobit boʻlganidek, bizni sehrlab qoʻydi yoki u boʻldi-bu boʻldi, deb bahona topib, kufrlarida davom etaveradilar. Bu hol mazkur suraning boshlangʻich mavzui–Isro voqeasida ham koʻrildi.