QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят90

وَقَالُوا۟ لَن نُّؤْمِنَ لَكَ حَتَّىٰ تَفْجُرَ لَنَا مِنَ ٱلْأَرْضِ يَنۢبُوعًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Toki bizga yerdan chashma otiltirmaguningcha, zinhor senga iymon keltirmasmiz», dedilar.Улар: «Токи бизга ердан чашма отилтирмагунингча, зинҳор сенга иймон келтирмасмиз», дедилар.Alauddin Mansour: Va dedilar: «Toki bizlar uchun mana shu yerni yorib, bir chashma chiqarib bermasang, biz senga hargiz iymon keltirmaymiz.Ва дедилар: «Токи бизлар учун мана шу ерни ёриб, бир чашма чиқариб бермасанг, биз сенга ҳаргиз иймон келтирмаймиз.

291-sahifa · 15-juz · 29-hizb291-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوا۟va dedilarва дедиларلَنzinhor emasзинҳор эмасنُّؤْمِنَiymon keltirmasmizиймон келтирмасмизلَكَsengaсенгаحَتَّىٰtokiтокиتَفْجُرَotiltirmaguningchaотилтирмагунингчаلَنَاbizgaбизгаمِنَ-dan-данٱلْأَرْضِyerерيَنۢبُوعًاchashmaчашма
TafsirТафсир

Kofirlarning aqllari pastligi ushbu takliflaridan ham koʻrinib turibdi. Ular Qurʼoni Karimning tengsiz va ulkan moʻʼjiza ekanligini anglab yeta olmadilar. U, Alloh tomonidan berilgan shifo va rahmat ekanini tushunmadilar. Qurʼon har taraflama ikki dunyo saodati manbai ekanini anglamadilar. Kelib-kelib, yerdan chashma otiltirib chiqarishni talab qilib oʻtiribdilar. Bu aqli rivojlanmagan bolaning talabiga oʻxshaydi. Nahotki, ish yerdan bir dona chashma otiltirib chiqarishga qarab qolgan boʻlsa?! Bu chashma nima qilib berar edi?! Axir, Qurʼoni Karim millionlab moddiy va maʼnaviy chashmalardan iborat bitmas-tuganmas ikki dunyo saodati manbai-ku! Afsuski, kofirlar buni idrok etishdan ojizlar. Ha,

«Ular: «Toki bizga yerdan chashma otiltirmaguningcha, zinhor senga iymon keltirmasmiz», dedilar».

Va yana boshqa narsalar boʻlishini ham oʻrtaga qoʻydilar: