وَقُلْنَا مِنۢ بَعْدِهِۦ لِبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱسْكُنُوا۟ ٱلْأَرْضَ فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ ٱلْـَٔاخِرَةِ جِئْنَا بِكُمْ لَفِيفًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(Fir'avn)dan so`ng Bani Isroilga: «Mana shu yerni maskan tutinglar. Bas, oxirat va'dasi kelgan chog`ida, hammangizni to`plab keltiramiz», dedik.У(Фиръавн)дан сўнг Бани Исроилга: «Мана шу ерни маскан тутинглар. Бас, охират ваъдаси келган чоғида, ҳаммангизни тўплаб келтирамиз», дедик.Alauddin Mansour: (Firʼavndan) soʻng, Bani Isroilga: «Mana shu yerni (Misrni) maskan tutinglar. Endi qachon vaʼda qilingan Oxirat kelganida sizlarning barchangizni (qayta tiriltirib) keltirurmiz», dedik.(Фиръавндан) сўнг, Бани Исроилга: «Мана шу ерни (Мисрни) маскан тутинглар. Энди қачон ваъда қилинган Охират келганида сизларнинг барчангизни (қайта тирилтириб) келтирурмиз», дедик.
Firʼavn va uning qavmi halok boʻldi. Qilmishlariga yarasha jazolarini oldilar. Ammo oralaringizda turli gaplar, ishlar oʻtgan edi. Ularning ham hisob-kitobi boʻlishi kerak edi. Hozircha bu narsa boʻlmay qoldi. Ey, Bani Isroil: «Mana shu yerni maskan tutinglar». Shu yerda yashab turaveringlar, vaqti-soati yetib, «oxirat vaʼdasi kelgan chogʻida, hammangizni toʻplab keltiramiz». Qiyomat qoim boʻlganida, hammangizni–sizni ham, Firʼavn va uning qavmini ham toʻplab keltiramiz. Oʻshanda hisob-kitob boʻlaveradi. Keyingi oyatlarda yana Qurʼonni ulugʻlashga oʻtiladi: