QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят105

وَبِٱلْحَقِّ أَنزَلْنَـٰهُ وَبِٱلْحَقِّ نَزَلَ ۗ وَمَآ أَرْسَلْنَـٰكَ إِلَّا مُبَشِّرًا وَنَذِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni haq ila nozil qildik va haq ila nozil bo`ldi. Biz seni faqat xushxabar berguvchi va ogohlantirguvchi etib yubordik, xolos.Уни ҳақ ила нозил қилдик ва ҳақ ила нозил бўлди. Биз сени фақат хушхабар бергувчи ва огоҳлантиргувчи этиб юбордик, холос.Alauddin Mansour: Biz (Qurʼonni) haqqi-rost nozil qildik va u haq (hukm-farmonlarimiz) bilan nozil boʻldi. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizni faqat (moʻminlarga) xushxabar eltguvchi va (kofirlarni doʻzax azobidan) ogohlantirguvchi qilib yubordik.Биз (Қуръонни) ҳаққи-рост нозил қилдик ва у ҳақ (ҳукм-фармонларимиз) билан нозил бўлди. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сизни фақат (мўминларга) хушхабар элтгувчи ва (кофирларни дўзах азобидан) огоҳлантиргувчи қилиб юбордик.

293-sahifa · 15-juz · 30-hizb293-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَبِٱلْحَقِّva haq ilaва ҳақ илаأَنزَلْنَـٰهُuni nozil qildikуни нозил қилдикوَبِٱلْحَقِّva haq ilaва ҳақ илаنَزَلَ ۗnozil boʻldiнозил бўлдиوَمَآva emasва эмасأَرْسَلْنَـٰكَseni yubordikсени юбордикإِلَّاfaqatфақатمُبَشِّرًۭاxushxabar berguvchiхушхабар бергувчиوَنَذِيرًۭاva ogohlantirguvchiва огоҳлантиргувчи
TafsirТафсир

Yaʼni, Qurʼonni Biz haq ila tushirdik. Qurʼon yer yuzida haq qaror topishi uchun tushirildi. Eng ulkan haq–Allohning tavhidi Qurʼon ila qaror topdi. Shuningdek, boshqa haqlar ham Qurʼon ila yer yuzida qaror topdi.

«...va haq ila nozil boʻldi.»

Yaʼni, Qurʼonda tushgan hamma narsalar–buyruqlar, qaytarishlar, hukmlar, eslatmalar, koʻrsatmalar, xabarlar–hamma-hammasi haqdir.

«Biz seni faqat xushxabar berguvchi va ogohlantirguvchi etib yubordik, xolos.»

Yaʼni, ey Muhammad, Biz seni iymon keltirib, ibodat va yaxshi amallarni qilguvchilarga jannat hamda uning oliy darajalariyu, bitmas-tuganmas neʼmatlarining xushxabarini beruvchi qilib va kufr, nifoqu isyon sohiblarini doʻzax azobidan ogohlantirguvchi etib yubordik.