وَقُرْءَانًا فَرَقْنَـٰهُ لِتَقْرَأَهُۥ عَلَى ٱلنَّاسِ عَلَىٰ مُكْثٍ وَنَزَّلْنَـٰهُ تَنزِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Qur'onni odamlarga asta-sekin o`qib berishing uchun bo`lib qo`ydik va bo`lak-bo`lak qilib tushirdik.Ва Қуръонни одамларга аста-секин ўқиб беришинг учун бўлиб қўйдик ва бўлак-бўлак қилиб туширдик.Alauddin Mansour: Siz Qurʼonni odamlarga asta-sekin oʻqib berishingiz uchun Biz uni boʻlaklarga boʻldik va boʻlib-boʻlib nozil qildik.Сиз Қуръонни одамларга аста-секин ўқиб беришингиз учун Биз уни бўлакларга бўлдик ва бўлиб-бўлиб нозил қилдик.
Ushbu oyatda Qurʼoni Karimning bir yoʻla tugal bir kitob holida emas, balki boʻlak-boʻlak etib nozil qilinganining hikmati haqida soʻz boryapti.
Maʼlumki Alloh taolo Qurʼoni Karimni bir oyat, ikki oyat qilib, baʼzida undan oz, baʼzida undan koʻp qilib, yigirma uch yil davomida nozil qildi. Albatta, buning ulkan hikmatlari bor edi. Bu oyati karimada oʻsha hikmatlardan biri, odamlarga «asta-sekin oʻqib berish» zikr qilinyapti. Albatta, oʻttiz pora Qurʼon bir yoʻla tushsa, uni odamlarga oʻqib berish oson boʻlmas edi. Oʻqib berilganda ham, odamlar uni qabul qilib olishlari oson boʻlmas edi. Eng muhimi–Qurʼoni Karim oʻqish uchungina emas, asosan, oʻqib amal qilish uchun tushirilgan ilohiy dasturdir. Uni bir yoʻla oʻqib, bunga bir yoʻla amal qilish oson emas. Shuning uchun ham, johiliyat botqogʻiga botgan odamlarni asta-sekin tarbiyalab, Islom nuriga olib chiqish uchun yigirma uch yil kerak boʻldi. Shu davrda jahon tarixida misli koʻrilmagan ajoyib bir musulmon ummati tarbiyalanib voyaga yetdi. Ular har bir oyatni nozil boʻlganidan keyin oʻqib oʻrganishar, yod olishar va unga amal qilishar edi. Ushbu shartlarni amalga oshirmagunlaricha, boshqa oyatlar tushgan boʻlsa ham, ularni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan olmay turishardi. Oqibatda sahobai kiromlarning har birlari ikki oyoqda yuradigan tirik Qurʼonga aylandilar va oz muddatda yer yuziga Qurʼon taʼlimotlarini tarqatdilar.
Qurʼon ana shunday narsa. Alloh uni boʻlib-boʻlib tushirib, kishilarga osonlik ham yaratdi. Endi bu yogʻi odamlarning oʻziga havola, ikki dunyo baxt-saodatini xohlasalar, ushbu Qurʼonga ergashsinlar, ikki dunyo badbaxtligini xohlasalar, ergashmasinlar. Bu haqiqatni ularga yetkazish Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga topshirilmoqda: