قُلْ ءَامِنُوا۟ بِهِۦٓ أَوْ لَا تُؤْمِنُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ مِن قَبْلِهِۦٓ إِذَا يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ يَخِرُّونَ لِلْأَذْقَانِ سُجَّدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Unga iymon keltiringlar yoki iymon keltirmanglar — bari bir. Albatta, undan oldin ilm berilganlar u ularga tilovat qilinganda yuzlari ila sajdaga yiqilurlar», deb ayt.Сен: «Унга иймон келтиринглар ёки иймон келтирманглар — бари бир. Албатта, ундан олдин илм берилганлар у уларга тиловат қилинганда юзлари ила саждага йиқилурлар», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «(Ey mushriklar), sizlar (xohlasangiz), Unga ishoninglar, (xohlasangiz) ishonmanglar. Zotan, (Qurʼon nozil boʻlishidan) ilgari ilm (yaʼni, Tavrot) berilgan kishilar (Qurʼon) tilovat qilingan vaqtida sajda qilgan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar.Айтинг: «(Эй мушриклар), сизлар (хоҳласангиз), Унга ишонинглар, (хоҳласангиз) ишонманглар. Зотан, (Қуръон нозил бўлишидан) илгари илм (яъни, Таврот) берилган кишилар (Қуръон) тиловат қилинган вақтида сажда қилган ҳолларида юзлари билан йиқилурлар.
Ushbu oyat sajda oyati boʻlib uni oʻqigan yoki eshitgan odamga qiroat sajdasi qilishlik vojib boʻladi.
Bu oyati karimadagi xitob kofir va mushriklarga qaratilgan. Ularga, Qurʼon haqidagi vasflarni bildingiz, uni Paygʻambarimiz sizga yetkazdi, endi xohlasangiz, unga iymon keltiring, xohlasangiz, iymon keltirmang, deyilmoqda.
«Albatta, undan oldin ilm berilganlar u ularga tilovat qilinganda yuzlari ila sajdaga yiqilurlar.»
Qurʼondan oldin ilm berilganlar deganda Tavrot va Injil berilganlar tushuniladi. Allohni taniganlar, din-diyonat, Paygʻambar, ilohiy kitob, vahiy, farishta kabi narsalar nima ekanini biladiganlar ularga Qurʼoni Karim tilovat qilinishi bilan, oʻzlarini tuta olmay, sajdaga yiqiladilar.