QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят108

وَيَقُولُونَ سُبْحَـٰنَ رَبِّنَآ إِن كَانَ وَعْدُ رَبِّنَا لَمَفْعُولًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va: «Robbimiz mutlaqo pok bo`ldi. Shubhasiz, Robbimizning va'dasi amalga oshajak», derlar.Ва: «Роббимиз мутлақо пок бўлди. Шубҳасиз, Роббимизнинг ваъдаси амалга ошажак», дерлар.Alauddin Mansour: Va ular: «Ey Pok Parvardigor! Albatta Parvardigorimizning («Men soʻnggi paygʻambarimni yuborurman va unga Qurʼon nozil qilurman», degan) vaʼdasi ado qilinguvchi vaʼdadir», deydilar.Ва улар: «Эй Пок Парвардигор! Албатта Парвардигоримизнинг («Мен сўнгги пайғамбаримни юборурман ва унга Қуръон нозил қилурман», деган) ваъдаси адо қилингувчи ваъдадир», дейдилар.

293-sahifa · 15-juz · 30-hizb293-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَقُولُونَva ular derlarва улар дерларسُبْحَـٰنَpok boʻldiпок бўлдиرَبِّنَآRobbimizРоббимизإِنalbattaалбаттаكَانَerurэрурوَعْدُvaʼdasiваъдасиرَبِّنَاRobbimizningРоббимизнингلَمَفْعُولًۭاalbatta amalga oshajakалбатта амалга ошажак
TafsirТафсир

Ular sajdaga yiqilish bilan birga, Alloh taoloni turli ayb va nuqsonlardan poklab, unga tasbih ham aytadilar. Alloh Oʻzi bergan vaʼdasini albatta amalga oshirishini taʼkidlaydilar. Alloh ularga Tavrotda va Injilda zamon oxirlab qolganida maʼlum sifatlarga ega Paygʻambar yuborib, unga Oʻzining oxirgi kitobini nozil qilishni vaʼda etgan edi. Ular: boshqa vaʼdalari qatori bu vaʼdasini ham amalga oshiribdi, deydilar. Ularning bu eʼtiroflari faqat ogʻizlaridan chiqadigan soʻzlar bilan ifoda qilinmaydi. Balki, amaliy jihatdan ham tasdiqlanadi.