وَقُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى لَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًا وَلَمْ يَكُن لَّهُۥ شَرِيكٌ فِى ٱلْمُلْكِ وَلَمْ يَكُن لَّهُۥ وَلِىٌّ مِّنَ ٱلذُّلِّ ۖ وَكَبِّرْهُ تَكْبِيرًۢا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Hamd bo`lsin, farzand tutmagan, mulkda sherigi bo`lmagan va xorlikdan qutqarguvchi do`stga zor bo`lmagan Allohga», degin. Va Uni mutlaqo ulug`la!Сен: «Ҳамд бўлсин, фарзанд тутмаган, мулкда шериги бўлмаган ва хорликдан қутқаргувчи дўстга зор бўлмаган Аллоҳга», дегин. Ва Уни мутлақо улуғла!Alauddin Mansour: «Hamdu sano bola-chaqa qilmagan, podshohlik-ilohlikda sherigi yoʻq, xor-zorlikdan (qutqarguvchi) doʻsti-yordamchisi boʻlmagan (yaʼni, hech kimga xor-muhtoj boʻlmaydigan) zot — Alloh uchundir», deb ayting va U zotni mudom ulugʻlang!«Ҳамду сано бола-чақа қилмаган, подшоҳлик-илоҳликда шериги йўқ, хор-зорликдан (қутқаргувчи) дўсти-ёрдамчиси бўлмаган (яъни, ҳеч кимга хор-муҳтож бўлмайдиган) зот — Аллоҳ учундир», деб айтинг ва У зотни мудом улуғланг!
Yaʼni, barcha nuqsonlardan holi boʻlgan, hech narsaga hojati tushmaydigan Allohga hamdu sano ayt. U zot Oʻziga farzand tutmagan, chunki farzandga hojati yoʻq. Farzandga hojatmandlik bandaning ishi. U zotning shunchalik bepoyon mulkida sherigi ham yoʻq. Chunki, u sherikka muhtoj emas. Mulkni boshqarishda sherikka, yordamchiga muhtojlik bandaning ishi. U zot xorlikdan qutqarguvchi doʻstga zor boʻlmaydi. Chunki, U zot aslo xor boʻlmaydi. Xor boʻlish va xorlikdan qutulishda boshqaning yordamiga muhtoj boʻlish bandaning ishi.
«Va Uni mutlaqo ulugʻla!»
Allohu akbar!