QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят110

قُلِ ٱدْعُوا۟ ٱللَّهَ أَوِ ٱدْعُوا۟ ٱلرَّحْمَـٰنَ ۖ أَيًّا مَّا تَدْعُوا۟ فَلَهُ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ وَلَا تَجْهَرْ بِصَلَاتِكَ وَلَا تُخَافِتْ بِهَا وَٱبْتَغِ بَيْنَ ذَٰلِكَ سَبِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Allohga duo qilinglar, Rohmanga duo qilinglar, qaysisiga duo qilsangiz ham, bari bir. Go`zal ismlar Unikidir», deb ayt. Namozingni juda baland ovoz ila o`qima, uni juda maxfiy ham o`qima, buning orasida bir yo`l tut.Сен: «Аллоҳга дуо қилинглар, Роҳманга дуо қилинглар, қайсисига дуо қилсангиз ҳам, бари бир. Гўзал исмлар Уникидир», деб айт. Намозингни жуда баланд овоз ила ўқима, уни жуда махфий ҳам ўқима, бунинг орасида бир йўл тут.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Alloh, deb chorlangiz, yoki Rahmon — Mehribon, deb chorlangiz. Qanday chorlasangizlar-da (joizdir). Zero, U zotning goʻzal ismlari bordir». (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz namozingizni juda jahriy (baland ovozda, oshkora) ham qilib yubormang (toki, mushriklar eshitib, Qurʼonni haqorat qilmasinlar) va oʻta maxfiy ham qilib yubormang (toki, sahobalaringiz tinglab-foydalansinlar). Shularning (yaʼni, jahriylik bilan maxfiylik) oʻrtasidagi yoʻlni tuting!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Аллоҳ, деб чорлангиз, ёки Раҳмон — Меҳрибон, деб чорлангиз. Қандай чорласангизлар-да (жоиздир). Зеро, У зотнинг гўзал исмлари бордир». (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз намозингизни жуда жаҳрий (баланд овозда, ошкора) ҳам қилиб юборманг (токи, мушриклар эшитиб, Қуръонни ҳақорат қилмасинлар) ва ўта махфий ҳам қилиб юборманг (токи, саҳобаларингиз тинглаб-фойдалансинлар). Шуларнинг (яъни, жаҳрийлик билан махфийлик) ўртасидаги йўлни тутинг!

293-sahifa · 15-juz · 30-hizb293-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلِsen aytсен айтٱدْعُوا۟duo qilinglarдуо қилингларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаأَوِyokiёкиٱدْعُوا۟duo qilinglarдуо қилингларٱلرَّحْمَـٰنَ ۖRohmangaРоҳмангаأَيًّۭاqaysisigaқайсисигаمَّاboʻlsa hamбўлса ҳамتَدْعُوا۟duo qilsangizдуо қилсангизفَلَهُbas, Unikidirбас, Уникидирٱلْأَسْمَآءُismlarисмларٱلْحُسْنَىٰ ۚgoʻzalгўзалوَلَاva emasва эмасتَجْهَرْbaland ovoz ila oʻqimaбаланд овоз ила ўқимаبِصَلَاتِكَnamozingniнамозингниوَلَاva emasва эмасتُخَافِتْjuda maxfiy oʻqimaжуда махфий ўқимаبِهَاuniуниوَٱبْتَغِva tutва тутبَيْنَorasidaорасидаذَٰلِكَbuningбунингسَبِيلًۭاbir yoʻlбир йўл
TafsirТафсир

Rivoyatlarda kelishicha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kuni: «Yo Alloh! Yo Rohman!» deb duo qilayotganlarini mushriklar eshitib qolib, darhol: «Muhammad yakka xudolikka chaqirar edi, oʻzi boʻlsa ikkita xudoga duo qilmoqda», deb gap tarqatishibdi. Ularning bu johilona tushunchasi va tasarrufi javobiga ushbu oyat tushgan ekan. Bu oyatda mazkur notoʻgʻri tushuncha va tasarruf toʻgʻrilanmoqda.

«Allohga duo qilinglar, Rohmanga duo qilinglar, qaysisiga duo qilsangiz ham, bari bir.»

«Alloh», «Rohman» ismlari ikki xil boʻlgani bilan zot bir. Ism koʻpaysa, zot ham koʻpayib qolmaydi.

«Goʻzal ismlar Unikidir», deb ayt.»

Dunyodagi eng goʻzal ismlar Allohnikidir. Shundan toʻqson toʻqqiztasi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir hadislarida kelgan.

Oyatning ikkinchi yarmida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning namozlari qanday boʻlishi kerakligi haqida koʻrsatma kelmoqda. Mushriklar hamma narsadan ayb topishga uringanlari kabi, namozdan ham kamchilik topishga, masxara qilishga urinishar edi.

«Namozingni juda baland ovoz ila oʻqima...»

Mushriklar eshitib, yana baʼzi nobakorliklar qilib yurmasin.

«...uni juda maxfiy ham oʻqima...»

Orqangda turganlar qiroatingni eshitmay qolmasinlar.

«...buning orasida bir yoʻl tut.»

Yaʼni, oʻrtacha boʻlsin.

Va nihoyat, suraning oxirida, xuddi avvalidagi kabi, Allohning madhi keladi.