وَإِذَآ أَرَدْنَآ أَن نُّهْلِكَ قَرْيَةً أَمَرْنَا مُتْرَفِيهَا فَفَسَقُوا۟ فِيهَا فَحَقَّ عَلَيْهَا ٱلْقَوْلُ فَدَمَّرْنَـٰهَا تَدْمِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachon bir shaharni halok etishni istasak, uning maishatparastlarini (itoatga) amr qilamiz, bas, ular u(shahar)da fisq qilurlar. Shunda unga «so`z» haq bo`lur. Bas, Biz u(shahar)ni mutlaqo vayron qilurmiz.Қачон бир шаҳарни ҳалок этишни истасак, унинг маишатпарастларини (итоатга) амр қиламиз, бас, улар у(шаҳар)да фисқ қилурлар. Шунда унга «сўз» ҳақ бўлур. Бас, Биз у(шаҳар)ни мутлақо вайрон қилурмиз.Alauddin Mansour: Biz qachon biron shaharni halok qilishni istasak, uning boyonlarini (Oʻzimiz yuborgan paygʻambarlarga itoat etishga) buyurib, ular itoatsizlik qilishgach, u shahar (aholisi) ustiga Soʻz (azob tushishi) vojib — muqarrar boʻlur. Bas, biz uni vayronaga aylantirurmiz.Биз қачон бирон шаҳарни ҳалок қилишни истасак, унинг боёнларини (Ўзимиз юборган пайғамбарларга итоат этишга) буюриб, улар итоатсизлик қилишгач, у шаҳар (аҳолиси) устига Сўз (азоб тушиши) вожиб — муқаррар бўлур. Бас, биз уни вайронага айлантирурмиз.
Alloh taolo yakka shaxslarni bekordan-bekorga azobga giriftor qilmaydi. Shuningdek, ayrim shahar-yurtlarni ham sababsiz halok etmaydi. Balo va ofat oʻsha yurt aholisining gunohlari, fisqu fujurlari tufayli boʻladi.
«Qachon bir shaharni halok etishni istasak, uning maiyshatparastlarini (itoatga) amr qilamiz.»
Har bir yurtning maiyshatparastlari bor. Ular kattakon amaldorlar va har xil nozu neʼmatga koʻmilgan kishilar toifasidir. Oʻsha maiyshatparastlarning ixtiyorida molu dunyo, nozu neʼmatdan tashqari, yana hukmu amal, xizmatchilar va boshqa imkoniyatlar boʻladi. Ular nimani xohlasalar, shuni qiladilar. Dunyoda faqat bizning aytganimiz boʻlishi kerak, degan fikrga borib qoladilar. Fazilat, muqaddas narsa, gunoh yoki savob kabi tushunchalar ularning xayoliga ham kelmaydi. Koʻngillari tusagan ishni qilishga oʻrganib qoladilar. Koʻngillari esa, doimo fisqu fasodni, harom maiyshatni tilaydi. Aʼyonlari shu darajaga yetishiga tomoshabin boʻlib turgan xalqdan ham yaxshilik kutilmaydi. Bunday yurt halok boʻlishga sazovordir.
Shuning uchun ham:
«Qachon bir shaharni halok etishni istasak, uning maiyshatparastlarini (itoatga) amr qilamiz».
Oʻsha yurtning kattakon, amaldor, aʼyonu zodagonlarini Allohning toatiga chaqiramiz.
«...bas, ular u(shahar)da fisq qilurlar.»
Maiyshatparastlikka oʻrganib qolganlari uchun, toat etishga boʻyinlari yor bermaydi. Oddiy kishilar darhol amrga boʻysunsalar ham, maiyshatparast amaldorlar itoatni mutlaqo istamaydilar. Ular oʻzlarining fisqu fasod ishlarini qilaveradilar.
«Shunda unga «soʻz» haq boʻlur.»
Yaʼni, oʻsha yurtga azob soʻzi haq boʻlib, halokatga uchraydi.
«Bas, biz u(shahar)ni mutlaqo vayron qilurmiz.»
Chunki, bunday yurt shunga loyiqdir. Bir yurtda maiyshatparastlar va Allohning amriga yurmaydiganlar ishboshi boʻlib turishi oʻsha yurtning buzuqligidan dalolat beradi.
Bu oyati karimani mashhur mufassir sahobiy hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu boshqacha taʼviyl qilganlar. «Maiyshatparastlarini (itoatga) amr qilamiz» jumlasida biz qavs ichida tushuntirish uchun keltirayotgan (itoatga) soʻzi oyatda yoʻqligi va «amarna» feʼlini «ammarna» oʻqish mumkinligidan u kishi «maiyshatparastlarini amir qilamiz» degan maʼno chiqarganlar. Yaʼni, qachon bir shaharni halok etishni istasak, uning maiyshatparastlarini unga amir–boshliq qilib qoʻyamiz. Ana endi ular amir boʻlib olib, fisqu fasodni avjga chiqaradilar va oqibatda oʻsha yurtga azob haq boʻladi.
Hayotiy tajribada bu ikki taʼviyl ham uchrab turadi. Shuning uchun, bu ikki maʼno bir-birini toʻldirib keladi.
Xuddi shu yoʻl ila: