مَّنِ ٱهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِى لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۗ وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّىٰ نَبْعَثَ رَسُولًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim hidoyatga yursa, faqat o`zi uchungina hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, faqat o`zi uchungina zalolatga ketadir. Hech bir jon o`zganing og`irligini ko`taruvchi bo`lmas. Toki Payg`ambar yubormagunimizcha, azoblovchi bo`lgan emasmiz.Ким ҳидоятга юрса, фақат ўзи учунгина ҳидоят топадир. Ким залолатга кетса, фақат ўзи учунгина залолатга кетадир. Ҳеч бир жон ўзганинг оғирлигини кўтарувчи бўлмас. Токи Пайғамбар юбормагунимизча, азобловчи бўлган эмасмиз.Alauddin Mansour: Kim hidoyat yoʻliga yursa, bas, oʻzi uchun yurar. Kim (hidoyat) yoʻlidan ozsa, u ham oʻz ziyoniga ozur. Hech bir koʻtarguvchi (yaʼni, gunohkor jon) oʻzga jonning yukini (yaʼni, gunohini) koʻtarmas. Biz to biron paygʻambar yubormaguncha (u orqali Oʻzimizning amru farmonlarimizni yuborib, unga itoat qilishdan bosh tortmagunlaricha, biron kimsani) azoblaguvchi emasmiz.Ким ҳидоят йўлига юрса, бас, ўзи учун юрар. Ким (ҳидоят) йўлидан озса, у ҳам ўз зиёнига озур. Ҳеч бир кўтаргувчи (яъни, гуноҳкор жон) ўзга жоннинг юкини (яъни, гуноҳини) кўтармас. Биз то бирон пайғамбар юбормагунча (у орқали Ўзимизнинг амру фармонларимизни юбориб, унга итоат қилишдан бош тортмагунларича, бирон кимсани) азоблагувчи эмасмиз.
Alloh taolo umumiy qoida shunday boʻlishini iroda etgan. Har kim oʻzi uchun javob beradi. Yaxshilik qilsa, hidoyat yoʻliga yursa, oʻzi uchun qilgan boʻladi. Boshqa uchun emas.
«Kim hidoyatga yursa, faqat oʻzi uchungina hidoyat topadir.»
Uning hidoyatga yurishi boshqaga foyda keltirmaydi. Inchunin, Allohga ham uning hidoyatga yurishidan biror manfaat yoʻq.
«Kim zalolatga ketsa, faqat oʻzi uchungina zalolatga ketadir.»
Ziyoni oʻziga qaytadi. Alloh taoloning biror yeri kamayib qolmaydi. Shuningdek, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning amrlarini tutgan daʼvatchilarga ham zarar yetmaydi. Zarar faqat zalolatga ketgan shaxsning oʻzigagina yetadi.
«Hech bir jon oʻzganing ogʻirligini koʻtaruvchi boʻlmas.»
Hamma oʻz ogʻirligini oʻzi koʻtaradi. Har kim nima qilsa, oʻzi javob beradi. Shu bilan birga,
«Toki Paygʻambar yubormagunimizcha, azoblovchi boʻlgan emasmiz».
Insonga aql, farosat berganimizdan keyin, dunyodagi qudratimizga, xoliq va mudabbir, roziq ekanligimizga dalolat etuvchi moʻʼjizalarga qarab toʻgʻri yoʻlni tanlab, Bizga iymon keltirib ibodat etishini farz qilib, bajarilmasa, jazolashni joriy qilsak, haqqimiz bor edi. Ammo bunday qilmadik. Bandalarimizga rahim qildik. Mazkur narsalar ustiga yana ogohlantiruvchi, eslatuvchi Paygʻambar yuborishni ham iroda etdik. Paygʻambar ogohlantirgandan keyin ham iymon va Islom yoʻlini tanlamaganlarni azoblashga ahd etdik. Paygʻambar va uning daʼvati yetmaganlarni esa, azoblamaslikka qaror qildik.