مَّن كَانَ يُرِيدُ ٱلْعَاجِلَةَ عَجَّلْنَا لَهُۥ فِيهَا مَا نَشَآءُ لِمَن نُّرِيدُ ثُمَّ جَعَلْنَا لَهُۥ جَهَنَّمَ يَصْلَىٰهَا مَذْمُومًا مَّدْحُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim shoshgan(dunyo)ni istasa, unga bu dunyoda iroda qilgan kishimizga nimani xohlasak, shoshilinch berurmiz. So`ngra, unga jahannamni berurmiz. Unga xor va quvg`inga uchragan holda kirur.Ким шошган(дунё)ни истаса, унга бу дунёда ирода қилган кишимизга нимани хоҳласак, шошилинч берурмиз. Сўнгра, унга жаҳаннамни берурмиз. Унга хор ва қувғинга учраган ҳолда кирур.Alauddin Mansour: Kim naqd (dunyo)ni koʻzlovchi boʻlsa, Biz (shu dunyoda ulardan) Oʻzimiz istagan kimsalar uchun Oʻzimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz. Soʻngra (yaʼni, Oxiratda) uning uchun oʻzi mazammat va quvgʻinga duchor boʻlgan holda kiradigan jahannamni joy qilib berurmiz.Ким нақд (дунё)ни кўзловчи бўлса, Биз (шу дунёда улардан) Ўзимиз истаган кимсалар учун Ўзимиз хоҳлаган нарсани нақд қилиб берурмиз. Сўнгра (яъни, Охиратда) унинг учун ўзи мазаммат ва қувғинга дучор бўлган ҳолда кирадиган жаҳаннамни жой қилиб берурмиз.
Kimki boshqa narsani xohlamasdan, ushbu oʻtkinchi, besh kunlik dunyo uchun yashamoqchi boʻlsa, Alloh unga bu dunyo nasibasini shoshilinch tarzda beradi. U kishi bu dunyoda kerak narsasiga erishib oladi. Ammo oxiratiga hech narsa qolmaydi. Shuning uchun:
«Soʻngra, unga jahannamni berurmiz. Unga xor va quvgʻinga uchragan holda kirur».
Ular bu dunyo hoyi-havaslariga berilib, shahvat va lazzat ortidan quvib, hayotlarini gunoh qilish bilan oʻtkazadilar. Endi, jahannamda oʻsha gunohlariga yarasha azob chekadilar.