QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят19

وَمَنْ أَرَادَ ٱلْـَٔاخِرَةَ وَسَعَىٰ لَهَا سَعْيَهَا وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ كَانَ سَعْيُهُم مَّشْكُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim oxiratni istasa va unga erishish uchun mo`min bo`lgan holida kerakli harakatini qilsa, bas, ana o`shalarning harakatlari maqbuldir.Ким охиратни истаса ва унга эришиш учун мўмин бўлган ҳолида керакли ҳаракатини қилса, бас, ана ўшаларнинг ҳаракатлари мақбулдир.Alauddin Mansour: Kim Oxiratni istasa va moʻmin boʻlgan holida (Oxiratga loyiq) saʼy-harakat qilsa, bas, unday zotlarning saʼylari (Alloh nazdida) maqbul boʻlur.Ким Охиратни истаса ва мўмин бўлган ҳолида (Охиратга лойиқ) саъй-ҳаракат қилса, бас, ундай зотларнинг саъйлари (Аллоҳ наздида) мақбул бўлур.

284-sahifa · 15-juz · 29-hizb284-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنْva kimва кимأَرَادَistasaистасаٱلْـَٔاخِرَةَoxiratniохиратниوَسَعَىٰva harakat qilsaва ҳаракат қилсаلَهَاunga erishish uchunунга эришиш учунسَعْيَهَاkerakli harakatiniкеракли ҳаракатиниوَهُوَva uва уمُؤْمِنٌۭmoʻmin boʻlgan holidaмўмин бўлган ҳолидаفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ana oʻshalarningбас, ана ўшаларнингكَانَboʻlurбўлурسَعْيُهُمharakatlariҳаракатлариمَّشْكُورًۭاmaqbuldirмақбулдир
TafsirТафсир

Demak, oxirat saodatiga erishish uchun faqat uni istash, xohlashning oʻzi kifoya qilmas ekan. Unga erishish uchun istak bilan birga iymon va jiddiy harakatlar ham darkor ekan. Istak bilan birga, eng avvalo iymon kerak, usiz hech narsaga erishib boʻlmaydi. Istak va iymon boʻlsa-yu, kerakli saʼy-harakat qilinmasa ham, natija chiqmaydi. Demak, oxirat saodatiga erishtiruvchi ishlarni ham amalga oshirish kerak. Yaʼni, odam oxiratda yaxshi natijaga erishtiradigan ishlarni qilishi, oxiratda jahannamga duchor etadigan ishlarning yaqiniga yoʻlamasligi lozim boʻladi.

«...bas, ana oʻshalarning harakatlari maqbuldir.»

Ular bu dunyo va oxiratning saodatiga erishadilar.