كُلًّا نُّمِدُّ هَـٰٓؤُلَآءِ وَهَـٰٓؤُلَآءِ مِنْ عَطَآءِ رَبِّكَ ۚ وَمَا كَانَ عَطَآءُ رَبِّكَ مَحْظُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Barchaga — manavilarga ham, anavilarga ham Robbingning atoyu ne'matlaridan cho`zamiz. Robbingning atoyu ne'matlari cheklangan emas.Барчага — манавиларга ҳам, анавиларга ҳам Роббингнинг атою неъматларидан чўзамиз. Роббингнинг атою неъматлари чекланган эмас.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, bu dunyoda odamlarning) barchalariga — mana bu (moʻmin)larga ham, anavi (kofir)larga ham Parvardigoringizning neʼmatidan ato eturmiz. Parvardigoringizning neʼmati (hech kimdan) manʼ qilinmas.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, бу дунёда одамларнинг) барчаларига — мана бу (мўмин)ларга ҳам, анави (кофир)ларга ҳам Парвардигорингизнинг неъматидан ато этурмиз. Парвардигорингизнинг неъмати (ҳеч кимдан) манъ қилинмас.
Alloh taolo bu dunyo neʼmatlarini barchaga beraveradi. U hammaning Roziqidir. Bergani bilan neʼmati kamayib qolmaydi:
«Barchaga–manavilarga ham, anavilarga ham Robbingning atoyu neʼmatlaridan choʻzamiz».
Barcha bandalarga, yaʼni, oxiratni istagan, iymonga kelib, ibodat qilib, kerakli saʼy-harakatlarni qilganlarga ham, dunyoni istab, iymonga kelmay, isyon qilib, gunohkor boʻlib yurganlarga ham Robbingning atoyu neʼmatlaridan beramiz.
«Robbingning atoyu neʼmatlari man boʻlgan emas.»
Doimo barchaga berilib kelgan. Bu dunyoning butun matohi Allohning nazdida chivinning qanoticha emas. Asl saodat bu dunyo neʼmatlariga erishishda emas.