ٱنظُرْ كَيْفَ فَضَّلْنَا بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۚ وَلَلْـَٔاخِرَةُ أَكْبَرُ دَرَجَـٰتٍ وَأَكْبَرُ تَفْضِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ba'zilarini ba'zilaridan qanday afzal qilib qo`yganimizga nazar sol. Albatta, oxirat darajasi va afzalligi kattaroqdir.Баъзиларини баъзиларидан қандай афзал қилиб қўйганимизга назар сол. Албатта, охират даражаси ва афзаллиги каттароқдир.Alauddin Mansour: (Bu dunyoda) ularning birovlaridan birovlarini (rizqu martabada) qanday ustun qilganimizni koʻring! Shak-shubha yoʻqki, Oxirat darajalari necha barobar ulugʻ va afzalroqdir.(Бу дунёда) уларнинг бировларидан бировларини (ризқу мартабада) қандай устун қилганимизни кўринг! Шак-шубҳа йўқки, Охират даражалари неча баробар улуғ ва афзалроқдир.
Bu dunyoda baʼzi odamlarga koʻproq neʼmat tegsa, boshqalaridan afzal boʻlib yuraveradilar. Ammo bu hollari haqiqiy afzallik, haqiqiy yuksak martaba emas.
«Albatta, oxirat darajasi va afzalligi kattaroqdir.»
Yaʼni, oxiratning daraja va afzalligi haqiqiydir. Chunki, bu daraja va afzalliklar abadiy qolajakdir. Oʻzini bilgan odamlar ana oʻsha afzallik va ana oʻsha darajaga erishish uchun harakat qiladilar.
Oʻtgan oyatlarda Qurʼoni Karim eng toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilishi, oxirat saodatiga erishish uchun kerakli saʼy-harakat qilish lozimligi umumiy tarzda aytib oʻtilgan edi. Endigi keladigan oyatlarda oʻsha umumiy gaplarning tafsilotiga oʻtiladi: