وَقَالُوٓا۟ أَءِذَا كُنَّا عِظَـٰمًا وَرُفَـٰتًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Suyak va titilgan tuproq bo`lganimizdan keyin ham, yana yangidan yaratilib tiriltirilamizmi?» dedilar.Улар: «Суяк ва титилган тупроқ бўлганимиздан кейин ҳам, яна янгидан яратилиб тирилтириламизми?» дедилар.Alauddin Mansour: Ular: «Suyak va (chirik) murdalarga aylanib ketgach, yana yangitdan yaralib tirilurmizmi?!», dedilar.Улар: «Суяк ва (чирик) мурдаларга айланиб кетгач, яна янгитдан яралиб тирилурмизми?!», дедилар.
Arab mushriklari gʻaybning baʼzi narsalariga ishonsalar ham, oʻlib, chirib, suyakka ajrab, tuproqqa qoʻshilgandan keyin qayta tirilishga hech ishonmasdilar. Ular bunday boʻlishini xayollariga sigʻdira olmasdilar. Chunki, mushriklar avval boshda asllari umuman yoʻqligini unutib qoʻyganlar. Ularni yoʻqdan bor qilgan Allohga bor narsalarni qayta tiriltirish juda ham osonligini ular tushunib yetmas edilar. Ularning qayta tirilishni inkor qilib aytgan bu gaplariga qarshi nima deyishni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Allohning Oʻzi oʻrgatmoqda: