QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят62

قَالَ أَرَءَيْتَكَ هَـٰذَا ٱلَّذِى كَرَّمْتَ عَلَىَّ لَئِنْ أَخَّرْتَنِ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ لَأَحْتَنِكَنَّ ذُرِّيَّتَهُۥٓ إِلَّا قَلِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Menga xabar ber-chi, mendan ustun qilganing shumi? Agar meni qiyomat kunigacha qo`yib qo`ysang, uning zurriyotining ozginasidan boshqasini jilovlab olaman», dedi.У: «Менга хабар бер-чи, мендан устун қилганинг шуми? Агар мени қиёмат кунигача қўйиб қўйсанг, унинг зурриётининг озгинасидан бошқасини жиловлаб оламан», деди.Alauddin Mansour: U (yana shunday) dedi: «Menga xabar bergin-chi, mana shu kimsani mendan ulugʻ-ustun qildingmi? Qasamki, agar Sen meni Qiyomat Kunigacha (tirik) qoldirsang, albatta, men uning zurriyotini qirib yuborurman, (yaʼni, haq yoʻldan ozdirib, halokat yoʻllariga burib yuborurman), magar ozginalarigina (haq yoʻlda) qolurlar».У (яна шундай) деди: «Менга хабар бергин-чи, мана шу кимсани мендан улуғ-устун қилдингми? Қасамки, агар Сен мени Қиёмат Кунигача (тирик) қолдирсанг, албатта, мен унинг зурриётини қириб юборурман, (яъни, ҳақ йўлдан оздириб, ҳалокат йўлларига буриб юборурман), магар озгиналаригина (ҳақ йўлда) қолурлар».

288-sahifa · 15-juz · 29-hizb288-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиأَرَءَيْتَكَmenga xabar ber-chiменга хабар бер-чиهَـٰذَاshumiшумиٱلَّذِىoʻshakiўшакиكَرَّمْتَustun qildingустун қилдингعَلَىَّmendanменданلَئِنْagarагарأَخَّرْتَنِmeni qoʻyib qoʻysangмени қўйиб қўйсангإِلَىٰ-gacha-гачаيَوْمِkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматلَأَحْتَنِكَنَّalbatta jilovlab olamanалбатта жиловлаб оламанذُرِّيَّتَهُۥٓuning zurriyotiniунинг зурриётиниإِلَّاmagarмагарقَلِيلًۭاozginasiозгинаси
TafsirТафсир

Iblis Odamga nisbatan hiqdu hasadga toʻlganidan, Alloh taolo Odamni mukarram qilib qoʻyganiga chiday olmaganidan oʻzini yuqori tutib, odamni past sanashga urindi. Alloh taologa beodoblik qilib:

«Menga xabar ber-chi, mendan ustun qilganing shumi?» deyishga jurʼat etdi.

U, oʻzicha, Odamni past sanadi. Oʻzining laʼnatga uchrashiga sabab boʻlgan Odamdan oʻch olishga qasd qildi. Nima qilib boʻlsa ham, Odamning zurriyotidan koʻprogʻini igʻvo ila yoʻldan urib, adashtirib, oʻziga oʻxshagan badbaxt etishga bel bogʻladi. U, Allohga:

«Agar meni qiyomat kunigacha qoʻyib qoʻysang, uning zurriyotining ozginasidan boshqasini jilovlab olaman», dedi».

U katta ketgan edi. Odam bolasi faqat yomonlik qilishga emas, balki yaxshilik qilishga ham tayyor ekanini bilmas edi. Shuning uchun ham, ularning ozginasidan boshqasini jilovlab, oʻz yoʻliga solib olishni orzu qilar edi.

Iblisning bu gapiga javoban: