QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят61

وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُوا۟ لِـَٔادَمَ فَسَجَدُوٓا۟ إِلَّآ إِبْلِيسَ قَالَ ءَأَسْجُدُ لِمَنْ خَلَقْتَ طِينًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» deganimizda sajda qilganlarini, magar iblis qilmaganini, «Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?» deganini esla.Фаришталарга: «Одамга сажда қилинглар!» деганимизда сажда қилганларини, магар иблис қилмаганини, «Сен лойдан яратган кимсага сажда қиламанми?» деганини эсла.Alauddin Mansour: Eslang, Biz farishtalarga Odamga sajda qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat iblis (kibru havo bilan): «Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilurmanmi?», dedi.Эсланг, Биз фаришталарга Одамга сажда қилинг, дейишимиз билан саждага эгилдилар. Фақат иблис (кибру ҳаво билан): «Сен лойдан яратган кимсага сажда қилурманми?», деди.

288-sahifa · 15-juz · 29-hizb288-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva esla, oʻshandaва эсла, ўшандаقُلْنَاdedikдедикلِلْمَلَـٰٓئِكَةِfarishtalargaфаришталаргаٱسْجُدُوا۟sajda qilinglarсажда қилингларلِـَٔادَمَOdamgaОдамгаفَسَجَدُوٓا۟bas, sajda qildilarбас, сажда қилдиларإِلَّآmagarмагарإِبْلِيسَIblisИблисقَالَdediдедиءَأَسْجُدُsajda qilamanmi?сажда қиламанми?لِمَنْkimsagakiкимсагакиخَلَقْتَSen yaratganСен яратганطِينًۭاloydanлойдан
TafsirТафсир

Ushbu oyatdagi xitob Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qaratilgan. Alloh taolo u zot sollallohu alayhi vasallamga Odam alayhissalom va laʼnati iblis qissasini eslatmoqda.

Alloh taolo Oʻz qoʻli ila Odamni yaratib, unga Oʻz ruhidan jon kiritib, soʻngra farishtalarga:

«Odamga sajda qilinglar!» deganida, ularning hammasi sajda qildilar. Faqat iblis boʻyin egmadi. U takabburlik etib:

«Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?» – dedi.

Oʻsha vaqtdagi hodisaning Paygʻambarimiz sollalohu alayhi vasallamga eslatilishida: hozir senga ozor berib, iymon keltirmayotganlar ham oʻsha shaytonning ishini qilishmoqda, degan hikmat– ishora bordir. Makka mushriklari ham, oʻzimizdan chiqqan bir kishiga ergashamizmi deb, Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirishdan bosh tortgan edilar.

Iblis Odam Atoni loydan yaralgani uchun past sanab, unga sajda qilishdan bosh tortibgina qolmadi, balki haddan oshib, boshqa takliflar ham qildi: