فَضَرَبْنَا عَلَىٰٓ ءَاذَانِهِمْ فِى ٱلْكَهْفِ سِنِينَ عَدَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, kahfda ularning quloqlariga bir necha yillar (parda) urdik.Бас, каҳфда уларнинг қулоқларига бир неча йиллар (парда) урдик.Alauddin Mansour: Bas, Biz oʻsha gʻorda bir necha yil ularning quloqlariga urib (yaʼni, ularni uxlatib) qoʻydik.Бас, Биз ўша ғорда бир неча йил уларнинг қулоқларига уриб (яъни, уларни ухлатиб) қўйдик.
«Quloqqa parda urdi» degani, qulogʻini eshitmaydigan qilib qoʻydi, deganidir. Yigitlar qochib kelib gʻorga joylashganlarida, Alloh taolo ularning quloqlarini eshitmaydigan qilib qoʻygan, yaʼni, uxlatib qoʻygan. Uxlagan odam hech narsani eshitmaydi. Eshitsa, uygʻongan boʻlardi. Ushbu holat bir necha yil davom etgan. Yaʼni, yigitlar gʻorda uzoq vaqt hech narsani eshitmay uxlab yotganlar.