إِذْ أَوَى ٱلْفِتْيَةُ إِلَى ٱلْكَهْفِ فَقَالُوا۟ رَبَّنَآ ءَاتِنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً وَهَيِّئْ لَنَا مِنْ أَمْرِنَا رَشَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki yigitlar kahfdan joy olganlarida: «Ey Robbimiz, bizga O`z huzuringdan rahmat bergin va ishimizni o`zing to`g`rilagin», dedilar.Қачонки йигитлар каҳфдан жой олганларида: «Эй Роббимиз, бизга Ўз ҳузурингдан раҳмат бергин ва ишимизни ўзинг тўғрилагин», дедилар.Alauddin Mansour: Eslang, oʻshanda ular gʻorga panoh istab borishib: «Parvardigoro, bizlarga oʻz huzuringdan rahmat — marhamat ato etgin va bizlarning ishimizni Oʻzing oʻnglagin», dedilar.Эсланг, ўшанда улар ғорга паноҳ истаб боришиб: «Парвардигоро, бизларга ўз ҳузурингдан раҳмат — марҳамат ато этгин ва бизларнинг ишимизни Ўзинг ўнглагин», дедилар.
Kahf egalari yigitlar ekan. Ular gʻordan panoh topibdilar. Yaʼni, birovdan qochib kelib yashirinibdilar. Soʻngra, Allohga iltijo qilib:
«Ey Robbimiz, bizga Oʻz huzuringdan rahmat bergin...» debdilar.
Demak, ularning gʻorga kirib yashirinishlaridan maqsadlari Allohning rahmatiga erishish ekan.
«...va ishimizni Oʻzing toʻgʻrilagin», dedilar.»
Demak, ishlaridan koʻngillari toʻq emas. Ularga bu borada ham Allohdan yordam kerak.