QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят110

قُلْ إِنَّمَآ أَنَا۠ بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُوحَىٰٓ إِلَىَّ أَنَّمَآ إِلَـٰهُكُمْ إِلَـٰهٌ وَٰحِدٌ ۖ فَمَن كَانَ يَرْجُوا۟ لِقَآءَ رَبِّهِۦ فَلْيَعْمَلْ عَمَلًا صَـٰلِحًا وَلَا يُشْرِكْ بِعِبَادَةِ رَبِّهِۦٓ أَحَدًۢا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Men ham sizlarga o`xshagan basharman. Menga, shubhasiz, ilohingiz bitta iloh ekani vahiy qilindi. Bas, kim Robbiga ro`baro` kelishni umid qilsa, yaxshi amal qilsin va Robbi ibodatiga birontani sherik qilmasin», degin.Сен: «Мен ҳам сизларга ўхшаган башарман. Менга, шубҳасиз, илоҳингиз битта илоҳ экани ваҳий қилинди. Бас, ким Роббига рўбарў келишни умид қилса, яхши амал қилсин ва Робби ибодатига биронтани шерик қилмасин», дегин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) ayting: «Hech shak-shubha yoʻqki, men ham sizlar kabi bir odamdirman. Menga Allohingiz yolgʻiz Allohning Oʻzi ekani vahiy etilmoqda. Bas, kim Parvardigoriga roʻbaroʻ boʻlishidan umidvor boʻlsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani (unga) sherik qilmasin! (Yaʼni, qiladigan barcha amallarini yolgʻiz Alloh uchun qilsin)».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) айтинг: «Ҳеч шак-шубҳа йўқки, мен ҳам сизлар каби бир одамдирман. Менга Аллоҳингиз ёлғиз Аллоҳнинг Ўзи экани ваҳий этилмоқда. Бас, ким Парвардигорига рўбарў бўлишидан умидвор бўлса, у ҳолда яхши амал қилсин ва Парвардигорига бандалик қилишда бирон кимсани (унга) шерик қилмасин! (Яъни, қиладиган барча амалларини ёлғиз Аллоҳ учун қилсин)».

304-sahifa · 16-juz · 31-hizb304-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْdeginдегинإِنَّمَآfaqatginaфақатгинаأَنَا۠menменبَشَرٌۭbasharmanбашарманمِّثْلُكُمْsizlarga oʻxshaganсизларга ўхшаганيُوحَىٰٓvahiy qilindiваҳий қилиндиإِلَىَّmengaменгаأَنَّمَآshubhasiz, ekaniшубҳасиз, эканиإِلَـٰهُكُمْilohingizилоҳингизإِلَـٰهٌۭilohилоҳوَٰحِدٌۭ ۖbittaбиттаفَمَنbas, kimбас, кимكَانَboʻlsaбўлсаيَرْجُوا۟umid qilsaумид қилсаلِقَآءَroʻbaroʻ kelishniрўбарў келишниرَبِّهِۦRobbigaРоббигаفَلْيَعْمَلْbas, amal qilsinбас, амал қилсинعَمَلًۭاamalамалصَـٰلِحًۭاyaxshiяхшиوَلَاva emasва эмасيُشْرِكْsherik qilmasinшерик қилмасинبِعِبَادَةِibodatigaибодатигаرَبِّهِۦٓRobbiРоббиأَحَدًۢاbirontaniбиронтани
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Muhammad, odamlarga oʻzingning ularga oʻxshagan odam ekaningni anglat. Sen farishta yoki boshqa biror narsa emassan. Hammaga oʻxshash oddiy odamsan. Boshqalardan farqing shuki, senga Robbingdan vahiy keladi. Oʻsha qatʼiy ilohiy ilmning bir parchasi boʻlmish vahiy odamlarning ilohi yakkayu yagona Alloh ekanligini bildirgandir. Demak:

«Bas, kim Robbiga roʻbaroʻ kelishni umid qilsa, yaxshi amal qilsin».

Yomon amalni qilishdan oʻzini tortsin.

«...va oʻz Robbi ibodatiga birontani sherik qilmasin», degin.»

Eʼtiqodda ham, amalda ham faqat Allohning aytganini qilsin.

«Kahf» surasi haqida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha hadisi shariflar rivoyat qilingan. Ulardan baʼzilarini eslab oʻtsak, maqsadga muvofiq boʻladi.

Imom Buxoriy, imom Muslim va imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Abu Ishoq quyidagilarni aytadi: «Al-Barrosning quyidagilarni aytayotganini eshitdim. Bir kishi «Kahf» surasini oʻqidi. Hovlida hayvon bor edi. Hayvon bezovta boʻla boshladi. Odam qarasa, uni bulut oʻrab turibdi. Boʻlgan hodisani Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytib bergan edik, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ey falonchi, oʻqiyver, u Qurʼon tilovati uchun tushgan sakiynadir», dedilar».

Imom Muslim, imom Nasaiy va imom Ahmad Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Kahf» surasining oxirgi oʻn oyatini oʻqisa, Dajjol fitnasidan saqlanadi», deganlar.

Boshqa bir hadisda: «Kim «Kahf» surasi avvalidan oʻn oyat yod olsa, Dajjol fitnasidan saqlanadi», deyilgan.

Hofiz Abu Bakr ibn Murdavayh Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Kahf» surasini juma kuni oʻqisa, qiyomat kuni uning qadami ostidan nur chiqib osmonu falakni yoritadi va uning ikki juma orasidagi xatolari kechiriladi», deganlar.

Shu maʼnoda bir-birini quvvatlovchi hadislar anchagina kelgan.

«Kahf» surasining tafsirini oʻrganib chiqqanimizdan keyin bu surani tez-tez oʻqib turishga targʻib etuvchi hadislar ahamiyatini yana ham koʻproq tushunamiz.

Chunki, bu surai karimada har bir inson hayoti davomida uchrashi mumkin boʻlgan fitnalar: hokimiyat, podshoh, amaldorlar bosqisi, molu dunyo ishqi, dunyo hodisalari, mansab, podshohlik va imkoniyatlar bekamu koʻst boʻlishi va boshqa fitnalar haqida, ulardan chetlashish zarurligi xususida bahs yuritilgandir.

Demak, har bir inson mazkur fitnalardan omon boʻlib yurishi uchun ushbu hadisi shariflarga amal qilib, har kuni surai «Kahf»ning avvalidan oʻn oyat, har juma esa, avvalidan oxirigacha tadabbur ila tilovat etib turishni oʻziga vazifa qilib olsa, juda ham yaxshi boʻladi.