قُل لَّوْ كَانَ ٱلْبَحْرُ مِدَادًا لِّكَلِمَـٰتِ رَبِّى لَنَفِدَ ٱلْبَحْرُ قَبْلَ أَن تَنفَدَ كَلِمَـٰتُ رَبِّى وَلَوْ جِئْنَا بِمِثْلِهِۦ مَدَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar dengiz Robbim kalimalariga siyoh bo`lsa-yu, unga o`z mislicha madad keltirsak ham, Robbim kalimalari tugashidan oldin dengiz tugab qolur», degin.Сен: «Агар денгиз Роббим калималарига сиёҳ бўлса-ю, унга ўз мислича мадад келтирсак ҳам, Роббим калималари тугашидан олдин денгиз тугаб қолур», дегин.Alauddin Mansour: Ayting: «Agar barcha dengiz Parvardigorimning soʻzlari (yaʼni, ilmu hikmatlarini bitish) uchun siyoh boʻlsa va yana shuncha siyoh keltirsak ham, Parvardigorimning soʻzlari bitishidan ilgari, u dengizlar tugab bitar!»Айтинг: «Агар барча денгиз Парвардигоримнинг сўзлари (яъни, илму ҳикматларини битиш) учун сиёҳ бўлса ва яна шунча сиёҳ келтирсак ҳам, Парвардигоримнинг сўзлари битишидан илгари, у денгизлар тугаб битар!»
Inson tasavvurida siyoh ilmni qayd qilish vositasi hisoblanadi. Siyoh bilan yozilgan narsalar haqiqiy ilm hisoblanadi. Siyoh bilan yozilgan ilm eng kuchli, eng koʻp ilm hisoblanadi.
Dengiz esa, Qurʼon nozil boʻlgan paytdagi insonlar tasavvuridagi eng cheksiz, eng barakali borliqdir. Xususan, ilmga nisbatan ishlatilganda, bu tasavvur mutloq koʻplikni, bepoyonlikni anglatadi. Biror kishining ilmi koʻpligini bayon qilmoqchi boʻlsak, falonchi ilmda dengiz boʻlib ketgan, deymiz.
Oyatdagi «dengiz» lafzi barcha dengiz jinsini oʻz ichiga oladi. Demak, dunyodagi barcha dengizlar siyoh qilib olinib, ularga yana shuncha dengiz siyohi qoʻshilsa-da, Alloh taoloning kalimalari yozilsa, oʻshancha koʻp siyoh ham tugab qoladi, ammo Allohning kalimalari aslo tugamaydi. Demak, Alloh taoloning ilmi shunchalar koʻp, cheksiz, bepoyondir. Buni yuqoridagi qiyosdan tushunib olsak boʻladi. Ana shunday cheksiz ilmga ega boʻlgan zot bandalariga rahim etib, ularni toʻgʻri yoʻlga boshlash uchun Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Paygʻambar qilib yuborgan. U zot Alloh oʻzlariga yuborgan ilm–vahiy orqali kishilarni hidoyatga boshlaydilar. Shunchalik ilm egasi boʻlgan Allohning Paygʻambari aytgan gaplariga ishonmaslik esa, oʻtaketgan gumrohlikdir. Ana shunga ishora qilib, suraning soʻngida Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitoban shunday degan: