QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят108

خَـٰلِدِينَ فِيهَا لَا يَبْغُونَ عَنْهَا حِوَلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unda abadiy qolurlar va undan ko`chishni istamaslar.Унда абадий қолурлар ва ундан кўчишни истамаслар.Alauddin Mansour: Ular, u joylarda mangu qolar ekanlar, (boshqa biron joyga) koʻchishni istamaslar.Улар, у жойларда мангу қолар эканлар, (бошқа бирон жойга) кўчишни истамаслар.

304-sahifa · 16-juz · 31-hizb304-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
خَـٰلِدِينَabadiy qoluvchi holdaабадий қолувчи ҳолдаفِيهَاundaундаلَاemasэмасيَبْغُونَistaydilarистайдиларعَنْهَاundanунданحِوَلًۭاkoʻchishniкўчишни
TafsirТафсир

Iymon va amali solih bandaning Alloh taolo huzuridagi qadr- qiymatini oshiradi. Oxiratda esa, jannatga tushishiga sabab boʻladi. Jannatga tushganda ham, u yerda abadiy qoladilar. U yerda shunday qadr-qiymat, rohat-farogʻat topadilarki, boshqa joyga koʻchishni zinhor istamaydilar.

Kishilarning qadr-qiymati va ishlarining vazni Allohning nazdida qanday koʻrilishi bayonidan soʻng, insonning cheklangan ilmi bilan Alloh taoloning cheklanmagan ilmi jonli misol ila taqqoslanadi: