QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят13

نَّحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ نَبَأَهُم بِٱلْحَقِّ ۚ إِنَّهُمْ فِتْيَةٌ ءَامَنُوا۟ بِرَبِّهِمْ وَزِدْنَـٰهُمْ هُدًى

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz senga ularning xabarlarini haq ila qissa etib beramiz. Albatta, ular Robbilariga iymon keltirgan yigitlardir. Va Biz ularga yanada ziyoda hidoyat berdik.Биз сенга уларнинг хабарларини ҳақ ила қисса этиб берамиз. Албатта, улар Роббиларига иймон келтирган йигитлардир. Ва Биз уларга янада зиёда ҳидоят бердик.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizga ularning hol-xabarlarini roʻy-rost soʻylamoqdamiz. Darhaqiqat, ular Parvardigorlariga iymon keltirgan va Biz iymonlarini ziyoda qilgan yigitlardir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сизга уларнинг ҳол-хабарларини рўй-рост сўйламоқдамиз. Дарҳақиқат, улар Парвардигорларига иймон келтирган ва Биз иймонларини зиёда қилган йигитлардир.

294-sahifa · 15-juz · 30-hizb294-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
نَّحْنُBizБизنَقُصُّqissa qilib berurmizқисса қилиб берурмизعَلَيْكَsengaсенгаنَبَأَهُمularning xabarlariniуларнинг хабарлариниبِٱلْحَقِّ ۚhaq ilaҳақ илаإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларفِتْيَةٌyigitlardirйигитлардирءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганبِرَبِّهِمْRobbilarigaРоббиларигаوَزِدْنَـٰهُمْva ularga ziyoda qildikва уларга зиёда қилдикهُدًۭىhidoyatniҳидоятни
TafsirТафсир

Kahf egalari haqida turli rivoyat va qissalar bor. Ammo Qurʼonda: «Biz senga ularning xabarlarini haq ila qissa etib beramiz», deyilgan. Haqiqiy va ishonchli xabar–shu. Shundan boshqa haqiqiy va ishonchli xabar yoʻq. Ana oʻsha maʼlumotlardan biri shuki: «...ular Robbilariga iymon keltirgan yigitlardir». Kahf egalarining bosh sifatlari ularning iymonli ekanliklaridir. Shu bilan birga, ular yosh yigitlardir. Iymonlari tufayli: «...Biz ularga yanada ziyoda hidoyat berdik». Ogʻir holga tushib qolganda nima qilish kerakligini ilhom etdik. Hamda: