وَرَبَطْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ إِذْ قَامُوا۟ فَقَالُوا۟ رَبُّنَا رَبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ لَن نَّدْعُوَا۟ مِن دُونِهِۦٓ إِلَـٰهًا ۖ لَّقَدْ قُلْنَآ إِذًا شَطَطًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning qalblarini mustahkamladik. Qachonki turdilar, bas: «Bizning Robbimiz osmonlaru yerning Robbidir. Undan o`zgani hargiz iloh deya duo qilmaymiz. Agar shunday qilsak, nohaq so`zni aytgan bo`lurmiz.Уларнинг қалбларини мустаҳкамладик. Қачонки турдилар, бас: «Бизнинг Роббимиз осмонлару ернинг Роббидир. Ундан ўзгани ҳаргиз илоҳ дея дуо қилмаймиз. Агар шундай қилсак, ноҳақ сўзни айтган бўлурмиз.Alauddin Mansour: Biz ularning dillarini (iymonlarini) quvvatlantirdik — oʻshanda ular (zolim shoh qarshisida) turib dedilar: «Bizning Parvardigorimiz osmonlar va Yerning Parvardigoridir. Bizlar Undan oʻzga biron «iloh»ga hargiz iltijo qilmaymiz. Aks holda, nohaq soʻzni aytgan boʻlurmiz.Биз уларнинг дилларини (иймонларини) қувватлантирдик — ўшанда улар (золим шоҳ қаршисида) туриб дедилар: «Бизнинг Парвардигоримиз осмонлар ва Ернинг Парвардигоридир. Бизлар Ундан ўзга бирон «илоҳ»га ҳаргиз илтижо қилмаймиз. Акс ҳолда, ноҳақ сўзни айтган бўлурмиз.
Yaʼni, iymonlari sababli, mazkur yigitlarning hidoyatlarini ziyoda qildik va qalblarini mustahkamladik. Qalblarida iymon va eʼtiqod qattiq joylashdi.
«Qachonki turdilar...»
Biron muhim masala muhokama etilgan majlisdan turayotib inson odatda gapining xulosasini, oxirgi nuqtasini aytadi. Oyatning mazmunidan, bu yigitlar biror yigʻilishda boʻlishgan koʻrinadi. Ana oʻsha majlisdan turayotib:
«Bizning Robbimiz osmonlaru yerning Robbidir», deyaptilar.
Demak, oʻsha majlisda Robb–Alloh haqida soʻz ketgan. Boshqalar bu masalada yigitlarga toʻgʻri kelmaydigan fikrni aytgan boʻlsalar kerak, shuning uchun ular majlisdan turayotib, gapning poʻstkallasini aytdilar. Ular soʻzlari davomida:
«Undan oʻzgani hargiz iloh deya duo qilmaymiz», dedilar.
Yaʼni, Allohga hech qachon shirk keltirmaymiz. Undan oʻzgani ibodatga sazovor deb bilmaymiz, dedilar.
«Agar shunday qilsak, nohaq soʻzni aytgan boʻlurmiz.»
Yaʼni, Allohdan oʻzgani iloh deb duo etsak, haqiqatdan uzoq gapni aytgan boʻlamiz.
Shuningdek, yigitlar bu masalada qavmlari tutgan yoʻl notoʻgʻri ekanini ham bayon qilmoqdalar:
«Ana u qavmimiz Undan oʻzga xudolar tutdilar».
Yolgʻiz Allohga iymon keltirib, yolgʻiz Uning Oʻziga ibodat qilmasdan, Undan boshqa narsalarni ibodatga sazovor deb ishondilar va ularga sigʻindilar.
«Ularga ravshan hujjatlar keltira olarmikanlar?!»
Oʻzlari xudo deb bilayotgan oʻsha narsalarning haqiqiy xudo ekanligiga ravshan bir hujjat keltira olarmikanlar?! Aqiyda va ibodat masalasi shuni taqozo qiladi. Hujjat-dalilsiz, gumon bilan nimagadir eʼtiqod ham, ibodat ham qilib boʻlmaydi. Ochiq-oydin dalilsiz bir narsani xudo deb eʼtiqod qilish ham, unga sigʻinish ham Allohga nisbatan yolgʻon toʻqish hisoblanadi.
«Allohga yolgʻon uydirgandan ham zolimroq kim bor.»
Hech kim yoʻq. Oʻzini yaratgan Zotga yolgʻon va tuhmat uydirgan odam eng zolim odam boʻladi. Yigitlarning qavmlari oʻsha eng zolimlar turidan ekan. Oʻt bilan suv bir joyga sigʻishmaganidek, iymon bilan shirk ham birga boʻla olmaydi. Shuning uchun ham, moʻmin yigitlar mushrik qavmlaridan uzoqlashishga qaror qilib, bir- birlariga: