وَإِذِ ٱعْتَزَلْتُمُوهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ إِلَّا ٱللَّهَ فَأْوُۥٓا۟ إِلَى ٱلْكَهْفِ يَنشُرْ لَكُمْ رَبُّكُم مِّن رَّحْمَتِهِۦ وَيُهَيِّئْ لَكُم مِّنْ أَمْرِكُم مِّرْفَقًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Modomiki, ulardan va ular ibodat qilayotgan, Allohdan boshqa narsadan uzoqlashmoqchi bo`lsangiz, kahfdan panoh joy olingiz. Robbingiz sizga O`z rahmatini taratur va sizga ishingizda osonlik yaratur», dedilar.«Модомики, улардан ва улар ибодат қилаётган, Аллоҳдан бошқа нарсадан узоқлашмоқчи бўлсангиз, каҳфдан паноҳ жой олингиз. Роббингиз сизга Ўз раҳматини таратур ва сизга ишингизда осонлик яратур», дедилар.Alauddin Mansour: (Yigitlar!) Modomiki ulardan (mushriklardan) va Allohdan oʻzga ular sigʻinayotgan narsalardan yuz oʻgirgan ekansizlar, endi gʻorga panoh topib boringiz. Parvardigoringiz sizlarga Oʻz rahmat marhamatini keng — serob qilur va sizlarning ishlaringizni oʻnglar».(Йигитлар!) Модомики улардан (мушриклардан) ва Аллоҳдан ўзга улар сиғинаётган нарсалардан юз ўгирган экансизлар, энди ғорга паноҳ топиб борингиз. Парвардигорингиз сизларга Ўз раҳмат марҳаматини кенг — сероб қилур ва сизларнинг ишларингизни ўнглар».
Robbilariga iymon keltirgan, Robbilari hidoyatlarini ziyoda qilib, qalblarini mustahkamlagan yigitlar kofirlar bilan bahslashish befoydaligi, ular yomonligidan faqat qochibgina qutulish mumkinligini anglab yetgach, iymonlari muhofazasi uchun kahf– gʻorga kirib berkinishni oʻzaro maslahat qildilar. Ular bir-birlariga:
«Modomiki, ulardan (yaʼni, kofir qavmingizdan) va ular ibodat qilayotgan, Allohdan boshqanarsadan (yaʼni, but-sanamlardan) uzoqlashmoqchi boʻlsangiz, kahfdan panoh joy olingiz, dedilar.
Iymonlarini salomat saqlash uchun moʻmin yoshlar kofirlardan berkinishga kelishdilar. Ular eng qiyin damda ham, moʻminliklari uchun, Allohning rahmatidan noumid boʻlmadilar va bir-birlariga:
«Robbingiz sizga Oʻz rahmatini taratur va sizga ishingizda osonlik yaratur», dedilar.
Oʻzlari juda qiyin holga tushganlari, vatanlari, ahllari va doʻst-yorlarini tark etib, gʻorga kirib yashirinishga majbur boʻlganlariga qaramay, Alloh ishlarini oʻnglashidan zarracha noumid boʻlmadilar. Bu hol ularning haqiqiy moʻminliklariga, haqiqatan ham Alloh ularning hidoyatini qabul qilib, qalblarini mustahkamlaganiga dalildir.
Keyingi oyati karimada Robbilariga iymon keltirgan yigitlarning gʻorda uxlab yotishlari tasvirlanadi: