۞ وَتَرَى ٱلشَّمْسَ إِذَا طَلَعَت تَّزَٰوَرُ عَن كَهْفِهِمْ ذَاتَ ٱلْيَمِينِ وَإِذَا غَرَبَت تَّقْرِضُهُمْ ذَاتَ ٱلشِّمَالِ وَهُمْ فِى فَجْوَةٍ مِّنْهُ ۚ ذَٰلِكَ مِنْ ءَايَـٰتِ ٱللَّهِ ۗ مَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلْمُهْتَدِ ۖ وَمَن يُضْلِلْ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ وَلِيًّا مُّرْشِدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Quyosh chiqqanida ularning kahfining o`ng tomonidan moyil bo`lganini, botganda esa, chap tomonidan qiyib o`tganini ko`rasan. Ular esa u(g`or)ning keng joyidadirlar. Ana shu ham Allohning mo`'jizalaridandir. Kimni Alloh hidoyatga boshlasa, o`sha hidoyat topguvchidir. Kimni adashtirsa, bas, hargiz unga irshod qiluvchi biron do`st topa olmassan.Қуёш чиққанида уларнинг каҳфининг ўнг томонидан мойил бўлганини, ботганда эса, чап томонидан қийиб ўтганини кўрасан. Улар эса у(ғор)нинг кенг жойидадирлар. Ана шу ҳам Аллоҳнинг мўъжизаларидандир. Кимни Аллоҳ ҳидоятга бошласа, ўша ҳидоят топгувчидир. Кимни адаштирса, бас, ҳаргиз унга иршод қилувчи бирон дўст топа олмассан.Alauddin Mansour: Quyosh chiqishda ularning gʻorlaridan oʻng tarafdan oʻtib ketganini, botishda esa ulardan soʻl tomonga yiroqlashib ketganini (chiqishda ham, botishda ham ularni qizdirib, uyqu-oromlarini buzmaganini), ular esa (gʻor)ning toʻrida ekanliklarini koʻrursan. Bu ham Allohning oyat-moʻʼjizalaridan (biridir). Kimni Alloh hidoyat qilsa, bas, oʻshagina hidoyat topguvchidir. Kimni yoʻldan ozdirsa, bas, uning uchun Toʻgʻri Yoʻlga yoʻllaguvchi biron doʻst topa olmassan.Қуёш чиқишда уларнинг ғорларидан ўнг тарафдан ўтиб кетганини, ботишда эса улардан сўл томонга йироқлашиб кетганини (чиқишда ҳам, ботишда ҳам уларни қиздириб, уйқу-оромларини бузмаганини), улар эса (ғор)нинг тўрида эканликларини кўрурсан. Бу ҳам Аллоҳнинг оят-мўъжизаларидан (биридир). Кимни Аллоҳ ҳидоят қилса, бас, ўшагина ҳидоят топгувчидир. Кимни йўлдан оздирса, бас, унинг учун Тўғри Йўлга йўллагувчи бирон дўст топа олмассан.
Arab tili bilimdonlari: «Bu tasvir yolgʻiz Allohga xos», deydilar.
Forda bir guruh yigitlar bir necha yildan beri uxlab yotishibdi. Har kuni quyosh chiqadi, ammo ularga tegmaydi. Soʻngra, ogʻib, botishga moyil boʻladi, yana gʻor ahliga tegmaydi.
«Quyosh chiqqanida ularning kahfining oʻng tomonidan moyil boʻlganini, botganda esa, chap tomonidan qiyib oʻtganini koʻrasan.»
Yaʼni, ertalabdan tushgacha ularning oʻng tomoniga, tushdan to quyosh botguncha chap tomoniga issigʻi tushadi. Yigitlar yotgan joyga quyoshning issigʻi mutlaqo tushmaydi.
«Ular esa u(gʻor)ning keng joyidadirlar.»
Atroflaridan shamol oʻtib turadi. Bu shart-sharoitlar yigitlarning surunkali uxlashiga oʻziga xos omil boʻladi. Agar quyosh nuri tushib, ularni isitsa, uygʻonishlari yoki jismlari issiqsovuqdan zarar topishi mumkin. Shuningdek, ular gʻorning keng joyida yotishlari va atroflaridan shamol oʻtib turishi ham surunkali uyquga yordam beradi.
«Ana shu ham Allohning moʻʼjizalaridandir.»
Yaʼni, oʻsha holat–ularning uzluksiz bir necha yil uxlashlari, quyosh ularning oʻng va chap tomonlaridan oʻtib ularga tegmasligi, ular esa, ham oʻlmasdan, ham hech narsani bilmasdan uxlab yotishlari Allohning moʻʼjizasi sanaladi.
«Kimni Alloh hidoyatga boshlasa, oʻsha hidoyat topguvchidir.»
Hidoyatga yurishning ham qonun-qoidasi bor. Kim oʻsha qonunga rioya etsa, Alloh taolo gʻorga berkingan oʻsha yigitlar kabi uning ham hidoyatini ziyoda qiladi, qalblarini mustahkamlab qoʻyadi.
«Kimni adashtirsa, bas, hargiz unga irshod qiluvchi biron doʻst topa olmassan.»
Zalolatga ketishning ham qonun-qoidalari bor. Kim mazkur yigitlarning qavmiga oʻxshab adashish yoʻliga yursa, Alloh adashishni ziyoda qilib qoʻyadi. Alloh adashtirgan odamga esa, hech qachon doʻstu mehribon topilmaydi.
Keyingi oyatda gʻordagi holat tasviri davom etadi: