وَكَذَٰلِكَ بَعَثْنَـٰهُمْ لِيَتَسَآءَلُوا۟ بَيْنَهُمْ ۚ قَالَ قَآئِلٌ مِّنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ ۖ قَالُوا۟ لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ ۚ قَالُوا۟ رَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثْتُمْ فَٱبْعَثُوٓا۟ أَحَدَكُم بِوَرِقِكُمْ هَـٰذِهِۦٓ إِلَى ٱلْمَدِينَةِ فَلْيَنظُرْ أَيُّهَآ أَزْكَىٰ طَعَامًا فَلْيَأْتِكُم بِرِزْقٍ مِّنْهُ وَلْيَتَلَطَّفْ وَلَا يُشْعِرَنَّ بِكُمْ أَحَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va shunday qilib, ularni o`zaro so`rashlari uchun uyg`otdik. Ulardan biri: «Qancha qoldinglar?» dedi. Ular: «Bir kun yoki bir kunning ba'zisicha qoldik», deyishdi. «Qancha qolganingizni Robbingiz yaxshi bilguvchidir, shaharga biringizni ushbu pulingiz ila yuboring, nazar solib, yaxshi taomni tanlab, undan rizq keltirsin va diqqatli bo`lsin, sizni birovga sezdirib qo`ymasin», deyishdi.Ва шундай қилиб, уларни ўзаро сўрашлари учун уйғотдик. Улардан бири: «Қанча қолдинглар?» деди. Улар: «Бир кун ёки бир куннинг баъзисича қолдик», дейишди. «Қанча қолганингизни Роббингиз яхши билгувчидир, шаҳарга бирингизни ушбу пулингиз ила юборинг, назар солиб, яхши таомни танлаб, ундан ризқ келтирсин ва диққатли бўлсин, сизни бировга сездириб қўймасин», дейишди.Alauddin Mansour: Oʻzaro savol-javob qilishlari uchun ularni (yigitlarni, qanday uxlatib qoʻygan boʻlsak) ana shunday uygʻotdik. Ulardan biri dedi: «Qancha (muddat uxlagan) holda turdinglar?» Ular(ning ayrimlari): «Bir kun yo yarim kun», dedilar. (Qolganlari esa): «Qancha (uxlab) turganlaringizni yolgʻiz Parvardigoringiz bilur. Endi bir kishini mana shu pulingiz bilan shaharga joʻnatinglar, u eng sara, pokiza taomlarni tanlab, sizlarga undan rizq, nasiba olib kelsin. U ehtiyot boʻlsin va sizlarni birontaga sezdirib qoʻymasin.Ўзаро савол-жавоб қилишлари учун уларни (йигитларни, қандай ухлатиб қўйган бўлсак) ана шундай уйғотдик. Улардан бири деди: «Қанча (муддат ухлаган) ҳолда турдинглар?» Улар(нинг айримлари): «Бир кун ё ярим кун», дедилар. (Қолганлари эса): «Қанча (ухлаб) турганларингизни ёлғиз Парвардигорингиз билур. Энди бир кишини мана шу пулингиз билан шаҳарга жўнатинглар, у энг сара, покиза таомларни танлаб, сизларга ундан ризқ, насиба олиб келсин. У эҳтиёт бўлсин ва сизларни биронтага сездириб қўймасин.
Alloh taolo istagi ila uxlagan yigitlar uygʻondilar. Uygʻonishlari ham, albatta, Allohning amri ila boʻldi. Shuning uchun ham, oyatda:
«Va shunday qilib, ularni oʻzaro soʻrashlari uchun uygʻotdik», deyilmoqda.
Yaʼni, qanday uxlatgan boʻlsak, shunday uygʻotdik. Ular bir-birlaridan qancha uxlaganliklarini soʻray boshladilar.
«Ulardan biri:(uyquda) «Qancha qoldinglar?» – dedi».
Odatda, qattiq uxlagan odam qancha vaqt uxlaganini darhol bila olmaydi. Yigitlar ham ushbu holatda edi. Shuning uchun ham, mazkur savolga ulardan baʼzilari:
«Bir kun yoki bir kunning baʼzisicha qoldik», deyishdi».
Garchi yillab uxlagan boʻlsalar ham, koʻpi bilan bir kun uxlagan boʻlsak kerak, degan xayolga borishdi. Surunkali uxlagan kishilarda shu holat boʻlishini tajriba ham tasdiqlagan. Farzand tuqqanidan keyin bir ayol, ilmiy majallalarning yozishicha, oʻn yetti yil uxlagan. Uygʻonganidan keyin bolasini emizishga berishlarini soʻragan ekan.
Qancha uxlaganlarini bilish qiyinligini, tortishish befoydaligini anglaganlar ham bor edi. Ular:
«Qancha qolganingizni Robbingiz yaxshi bilguvchidir...» deyishdi.
Yaʼni, tortishishning hojati yoʻq, qancha muddat uxlaganimizni Allohning Oʻzi yaxshi biladi. Siz bu haqda tortishib oʻtirish oʻrniga:
«...shaharga biringizni ushbu pulingiz ila yuboring...»
U bozorga borib:
«...nazar solib, yaxshi taomni tanlab, undan rizq keltirsin va diqqatli boʻlsin, sizni birovga sezdirib qoʻymasin», deyishdi.
Shaharga boruvchining juda ehtiyot boʻlishini tayinlashayotganining sababi keyingi oyatda bilinadi: