إِنَّهُمْ إِن يَظْهَرُوا۟ عَلَيْكُمْ يَرْجُمُوكُمْ أَوْ يُعِيدُوكُمْ فِى مِلَّتِهِمْ وَلَن تُفْلِحُوٓا۟ إِذًا أَبَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Chunki, agar ular sizni qo`lga olsalar, toshbo`ron qiladilar yoki o`z millatlariga qaytaradilar. Unday bo`lsa, zinhor va abadiy najot topmassiz», deyishdi.«Чунки, агар улар сизни қўлга олсалар, тошбўрон қиладилар ёки ўз миллатларига қайтарадилар. Ундай бўлса, зинҳор ва абадий нажот топмассиз», дейишди.Alauddin Mansour: Chunki ular (yaʼni, shahar ahli) sizlardan ogoh boʻlib qolsalar, sizlarni toshboʻron qilurlar yoki yana oʻzlarining dinlariga qaytarurlar va u holda, hech qachon qutula olmassizlar», deyishdi.Чунки улар (яъни, шаҳар аҳли) сизлардан огоҳ бўлиб қолсалар, сизларни тошбўрон қилурлар ёки яна ўзларининг динларига қайтарурлар ва у ҳолда, ҳеч қачон қутула олмассизлар», дейишди.
Demak, yigitlar qattiq tahdidga uchrab, shahar aholisi ularga «Dinimizga qaytasizlar yoki sizlarni toshboʻron qilib oʻldiramiz», deganlaridan keyingina qochib gʻorga berkinishgan ekan. Forga kirib, uxlab turganlaridan keyin ham oʻsha tahdidni eslamoqdalar va pul olib shaharga taom uchun boruvchini ehtiyot boʻlishga, sezdirib qoʻymaslikka chorlamoqdalar. Ular oʻlimni emas, shahar aholisining johilligini, ularni oʻz millatlari – adashgan dinlariga qaytishga majburlashlarini oʻylashdi.
«Unday boʻlsa, zinhor va abadiy najot topmassiz, deyishdi.»
Haqiqiy moʻmin har doim, har joyda iymon tashvishida boʻladi.