وَكَذَٰلِكَ أَعْثَرْنَا عَلَيْهِمْ لِيَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ وَأَنَّ ٱلسَّاعَةَ لَا رَيْبَ فِيهَآ إِذْ يَتَنَـٰزَعُونَ بَيْنَهُمْ أَمْرَهُمْ ۖ فَقَالُوا۟ ٱبْنُوا۟ عَلَيْهِم بُنْيَـٰنًا ۖ رَّبُّهُمْ أَعْلَمُ بِهِمْ ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ غَلَبُوا۟ عَلَىٰٓ أَمْرِهِمْ لَنَتَّخِذَنَّ عَلَيْهِم مَّسْجِدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shunday qilib, Allohning va'dasi haq ekanini va qiyomat soatida shubha yo`q ekanini bilishlari uchun ularni (odamlarga) bildirdik. Endi esa, ular ishi haqida tortisha boshladilar: «Ularning ustlariga bino barpo qilinglar, Robbilari ularni yaxshi bilguvchidir», dedilar. Ishlariga g`olib kelganlar esa: «Ularning ustlariga, albatta, masjid qurib olurmiz», dedilar.Шундай қилиб, Аллоҳнинг ваъдаси ҳақ эканини ва қиёмат соатида шубҳа йўқ эканини билишлари учун уларни (одамларга) билдирдик. Энди эса, улар иши ҳақида тортиша бошладилар: «Уларнинг устларига бино барпо қилинглар, Роббилари уларни яхши билгувчидир», дедилар. Ишларига ғолиб келганлар эса: «Уларнинг устларига, албатта, масжид қуриб олурмиз», дедилар.Alauddin Mansour: Shunday qilib, Allohning (qayta tiriltirish haqidagi) vaʼdasi haq ekanini va Qiyomat soatining (kelishi) shak-shubhasiz, ekanini bilishlari uchun (odamlarni gʻordagi yigitlarning ahvolidan) ogoh qildik. Oʻshanda (yaʼni, gʻordagi yigitlar uyqularidan uygʻonib, odamlar bu moʻʼjizaning guvohi boʻlganlaridan keyin, ular ajallari yetib vafot qilishgach) oʻzaro ularning ishlari haqida talashib-tortisha boshladilar. Bas, (ayrim kishilar): «Ularning ustiga uylar bino qilinglar. Parvardigor ularning (qaysi joyda, qanday holda yotganlarini) juda yaxshi bilur», dedilar. Ularning ustida hukmron boʻlgan (podshoh va saroy aʼyonlari esa): «Albatta, siz ular (yaʼni, Ashobul-Kahf) qabrining ustida bir masjid qurib olurmiz», deyishdi.Шундай қилиб, Аллоҳнинг (қайта тирилтириш ҳақидаги) ваъдаси ҳақ эканини ва Қиёмат соатининг (келиши) шак-шубҳасиз, эканини билишлари учун (одамларни ғордаги йигитларнинг аҳволидан) огоҳ қилдик. Ўшанда (яъни, ғордаги йигитлар уйқуларидан уйғониб, одамлар бу мўъжизанинг гувоҳи бўлганларидан кейин, улар ажаллари етиб вафот қилишгач) ўзаро уларнинг ишлари ҳақида талашиб-тортиша бошладилар. Бас, (айрим кишилар): «Уларнинг устига уйлар бино қилинглар. Парвардигор уларнинг (қайси жойда, қандай ҳолда ётганларини) жуда яхши билур», дедилар. Уларнинг устида ҳукмрон бўлган (подшоҳ ва сарой аъёнлари эса): «Албатта, сиз улар (яъни, Асҳобул-Каҳф) қабрининг устида бир масжид қуриб олурмиз», дейишди.
Aftidan, yigitlarning holati pulni olib bozorga borgan vakillari tufayli fosh boʻlgan. Rivoyatlarda kelishicha, vakil bozorga borib pulni berganda, odamlar u qadimgi zamon puli ekanini bilib qolganlar. Vakil bilan muomalada ham uning oʻz zamonlari odami emasligini sezib qolgan boʻlishlari mumkin. Xullas, nima boʻlsa ham, Alloh yigitlarning sirini fosh qildi, ularni oʻsha davrning odamlariga tanitdi. Vaqt oʻtishi bilan shahar aholisi ham iymonga kelgan edi. Ular kahf egalari haqidagi qissani ham yaxshi bilar edilar. Shuning uchun, bozorga kelgan vakilni darhol tanib oldilar. Oyati karimaning avvalida uzoq yillar uxlab yotgan yigitlarni odamlarga bildirishning hikmati bayon qilinadi:
«Shunday qilib, Allohning vaʼdasi haq ekanini va qiyomat soatida shubha yoʻq ekanini bilishlari uchun ularni (odamlarga) bildirdik».
Yaʼni, Allohning vaʼdasi haqligini bildirish uchun uygʻotilgan yigitlarni odamlarga tanitdik. Bu yerdagi «Allohning vaʼdasi»– oxir-oqibat iymon ahli gʻolib kelishi va oʻlgandan keyin qayta tirilish haqligi haqidagi vaʼdadir. Iymonlarini salomat saqlash uchun gʻorga yashiringan yigitlar yillar oʻtib qayta uygʻondilar va iymon ishi gʻolib boʻlganini koʻrdilar. Bu haqiqatni ularni koʻrgan shahar aholisi ham bildi. Iymonga kelib qolgan shahar aholisi iymon yoʻlidagi jihodlari uchun Alloh tomonidan munosib taqdirlangan kahf egalarini haqiqiy oʻlimlaridan keyin qanday qilib izzat-ehtirom etish borasida tortisha boshladilar:
«Endi esa, ular ishi haqida tortisha boshladilar».
Yaʼni, kahf egalari ishi haqida tortisha boshladilar. Shahar aholisidan baʼzilari:
«Ularning ustlariga bino barpo qilinglar, Robbilari ularni yaxshi bilguvchidir», dedilar».
Yaʼni, qabrlari ustiga bino qurish bilan hurmatlashni maslahat qildilar. Bu oʻsha zamon va oʻsha sharoitning odati boʻyicha aytilgan gapdir. Ammo, shahar aholisiga hokim, yoʻlboshchi boʻlib olganlar:
«Ularning ustlariga, albatta, masjid qurib olurmiz», dedilar.
Bu ham shahar aholisining urf-odatlaridan kelib chiqqan taklif. Islomda bunday gap yoʻqligi hammaga maʼlum.
Lekin zamonlar oʻtishi bilan kahf egalari haqidagi turli- tuman gaplar, tortishuvlar davom etaveradi.