سَيَقُولُونَ ثَلَـٰثَةٌ رَّابِعُهُمْ كَلْبُهُمْ وَيَقُولُونَ خَمْسَةٌ سَادِسُهُمْ كَلْبُهُمْ رَجْمًۢا بِٱلْغَيْبِ ۖ وَيَقُولُونَ سَبْعَةٌ وَثَامِنُهُمْ كَلْبُهُمْ ۚ قُل رَّبِّىٓ أَعْلَمُ بِعِدَّتِهِم مَّا يَعْلَمُهُمْ إِلَّا قَلِيلٌ ۗ فَلَا تُمَارِ فِيهِمْ إِلَّا مِرَآءً ظَـٰهِرًا وَلَا تَسْتَفْتِ فِيهِم مِّنْهُمْ أَحَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hali ular: «Uchtadirlar, itlari to`rtinchilaridir», derlar. Va: «Beshtadirlar, itlari oltinchilaridir», deb g`aybga tosh otadilar. Va: «Ettitadirlar, itlari sakkizinchilaridir» ham derlar. «Robbim ularning sanog`ini yaxshi bilguvchidir. Ularni juda oz kishi bilur», degin. Bas, ular haqida tortishib yurma. Tortishsang ham, ochiq tortish. Ular haqida hech kimdan fatvo ham so`rama.Ҳали улар: «Учтадирлар, итлари тўртинчиларидир», дерлар. Ва: «Бештадирлар, итлари олтинчиларидир», деб ғайбга тош отадилар. Ва: «Еттитадирлар, итлари саккизинчиларидир» ҳам дерлар. «Роббим уларнинг саноғини яхши билгувчидир. Уларни жуда оз киши билур», дегин. Бас, улар ҳақида тортишиб юрма. Тортишсанг ҳам, очиқ тортиш. Улар ҳақида ҳеч кимдан фатво ҳам сўрама.Alauddin Mansour: Hali ular (yaʼni, Paygʻambar alayhis-salotu vas-salomga zamondosh boʻlgan yahudiy va nasorolarning ayrimlari oʻsha Ashobul-Kahfni): «Uchtadir, toʻrtinchilari itlaridir», desalar, ayrimlari: «Ular beshta boʻlib, oltinchilari itlaridir», deb gʻaybga tosh oturlar (yaʼni, aniq bilmagan narsalari haqida gap soturlar). Yana: «Ular yettitadirlar, sakkizinchilari itlaridir», ham deydilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), «Ularning sanoqlarini eng yaxshi biladigan zot Parvardigorimdir. Ularni juda oz kishi bilur», deng. Bas, ular (yaʼni, zamondosh ahli kitoblar bilan Ashobul-Kahf) xususida (oʻzingizga nozil boʻlgan vahiy vositasida) ochiq mujodala — munozara qiling va (Ashobul-Kahf) haqida ularning birontasidan fatvo — savol soʻramang!Ҳали улар (яъни, Пайғамбар алайҳис-салоту вас-саломга замондош бўлган яҳудий ва насороларнинг айримлари ўша Асҳобул-Каҳфни): «Учтадир, тўртинчилари итларидир», десалар, айримлари: «Улар бешта бўлиб, олтинчилари итларидир», деб ғайбга тош отурлар (яъни, аниқ билмаган нарсалари ҳақида гап сотурлар). Яна: «Улар еттитадирлар, саккизинчилари итларидир», ҳам дейдилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), «Уларнинг саноқларини энг яхши биладиган зот Парвардигоримдир. Уларни жуда оз киши билур», денг. Бас, улар (яъни, замондош аҳли китоблар билан Асҳобул-Каҳф) хусусида (ўзингизга нозил бўлган ваҳий воситасида) очиқ мужодала — мунозара қилинг ва (Асҳобул-Каҳф) ҳақида уларнинг биронтасидан фатво — савол сўраманг!
Odamlarning odati qiziq. Boʻlib oʻtgan bir ish haqida turli- tuman gaplar toʻqib olishadi. Voqea bitta boʻlsa ham, mish-mish gap- soʻzlar mingtaga yetadi. Har kim xayoliga kelgan taxminni aytaveradi. Kahf egalarining qissasi zikr etildi. Ammo odamlar bu qissa haqida oʻzlaricha turli-tuman gap tarqatishdi. Avval ularning qabrlari ustiga nimadir qurish yuzasidan tortishgan edilar. Aslida, bu niyatlari mutlaqo keraksiz va hatto zararli ham. Ammo odamlar bilganidan qolmaydi. Endi yana yangi gap chiqarib, kahf egalarining soni ustida tortishadilar:
«Hali ular: «Uchtadirlar, itlari toʻrtinchilaridir», derlar».
Baʼzi odamlar: kahf egalari uchta, itlari toʻrtinchilari edi, desa, boshqalari:
«Beshtadirlar, itlari oltinchilaridir», deb gʻaybga tosh otadilar».
Yaʼni, ikkinchi bir odamlar: yoʻq, ular beshta, itlari oltinchilari edi, deydilar va bu bilan oʻzlari bilmagan gʻayb narsaga gumon toshi otadilar.
Uchinchilari esa:
«Yettitadirlar, itlari sakkizinchilaridir», ham derlar».
Yaʼni, uchinchi bir guruh odamlar: yoʻq, hammangizning gapingiz toʻgʻri emas, kahf egalari yettita, itlari sakkizinchilari edi, deydilar. Shunday qilib, tortishuv davom etaveradi. Lekin bundan hech kimga foyda yoʻq. Shuning uchun ham, Islomda bunday befoyda tortishuvlar qoralanadi. «Faybga tosh otish» tanqid qilinadi. Aniq bilmagan narsani gapirish yaxshi fazilat emas. Shuning uchun ham, Alloh taolo oyatning davomida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga:
«Robbim ularning sanogʻini yaxshi bilguvchidir. Ularni juda oz kishi bilur», degin», deb oʻrgatmoqda.
Bekordan-bekorga tortishib vaqtni oʻtkazishning, aql-idrok va imkoniyatlarni behuda sarflashning nima hojati bor? Qadimda oʻtgan kahf egalarining sanogʻini, ular necha kishi boʻlganini aniq biladigan zot Allohdir. Shuningdek, ularning sonini oʻz koʻzi bilan koʻrgan juda oz kishi bilishi mumkin.
«Bas, ular haqida tortishib yurma.»
Aql-zakovating, vaqting bekorga ketadi. Foyda topmaysan.
«Tortishsang ham, ochiq tortish.»
Yaʼni, ular haqida ochiq maʼlumotga ega boʻlsang, oʻshani gapir.
«Ular haqida hech kimdan fatvo ham soʻrama.»
Chunki, ular haqidagi eng muhim maʼlumotni senga Qurʼon aytib beradi. Kahf egalari qissasining foydali va ibratli oʻrinlari oldingi oyatlarda aytib oʻtildi. Shunga teskari fikrlar aytilsa, behuda gaplardan iborat boʻladi. Masalan, ularning soni nechta boʻlishining nima ahamiyati bor? Gap ularning nechta boʻlishlarida emas, nima qilganlaridadir.
Oʻtgan oyat gʻayb va oʻtmishdagi noaniq voqealar taxminini gapirishdan qaytarganidek, endigi oyat kelajak zamondagi gʻayb va noaniq narsaga hukm chiqarishdan qaytaradi: