وَلَا تَقُولَنَّ لِشَا۟ىْءٍ إِنِّى فَاعِلٌ ذَٰلِكَ غَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zinhor bir narsani: «Buni ertaga albatta qilguvchiman», dema.Зинҳор бир нарсани: «Буни эртага албатта қилгувчиман», дема.Alauddin Mansour: Va biron narsa haqida «Men albatta ertaga qilguvchiman», deya koʻrmang.Ва бирон нарса ҳақида «Мен албатта эртага қилгувчиман», дея кўрманг.
Insonning har bir harakati, ishi, hatto nafas olib-chiqarishi ham butkul Allohning irodasiga bogʻliqdir. Alloh taolo xohlasa, boʻladi, xohlamasa, boʻlmaydi. Shuning uchun, inson bu haqiqatni bir lahza ham unutmasligi, kelajakdagi reja va ishlarini Allohning xohishiga bogʻlab gapirishi kerak.
«Zinhor bir narsani: «Buni ertaga albatta qilguvchiman», dema, magar: «Alloh xohlasa», degin».
Yaʼni, kelajakda biron ish qilmoqchi boʻlsang, doimo «Inshoalloh, qilaman», deb ayt. Chunki, kelajak senga nisbatan gʻaybdir. Sal oʻtib nima boʻlishini oʻzing bilmaysan. Shuning uchun, kelajakdagi har bir ishni « Alloh xohlasa, qilaman», deb zikr etgin. «Inshoalloh» deyishni:
«Qachonki unutsang, Robbingni esla».
Yaʼni, unutib qoʻygan boʻlsang, yodingga tushishi bilan darhol esla:
«...va: «Shoyadki, Robbim meni bundan yaxshiroqqa yaqin boʻlishimga hidoyat qilsa», degin».
Doimo yaxshiroqqa yaqin boʻlishni umid qilgin va shuning uchun harakat etgin.
Bu tanbeh inson Allohni unutib, hamma narsani oʻzim qilaveraman, degan notoʻgʻri eʼtiqodga borib qolmasligi uchun lozim. Lekin musulmonlarda «Kelajak haqida oʻylash, reja tuzish, qatʼiyat bilan urinish behuda ekan-da», degan salbiy tushuncha paydo boʻlmasin. Chunki, musulmon inson kelajak haqida fikr qilishi, reja tuzishi, tadbirlar ishlatishi matlubdir.
Ayni choqda, Allohning iroda va xohishi insonning iroda va xohishidan doimo ustun turishini, uning xohlagani emas, Allohning xohlagani boʻlishini unutmasligi kerak. Agar rejalashtirgan ishi amalga oshsa, Alloh Oʻzi yordam berdi, deb shukr etadi va hovliqib ketmaydi. Mabodo, amalga oshmay qolsa, Allohning xohishi shu ekan, deb sabr qiladi va noumid boʻlmaydi.
Hozirgacha kahf egalarining gʻorda qancha muddat uxlaganlari aytilmagan edi. Kelasi oyatda bu narsa ochiq aytiladi: