إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَٱذْكُر رَّبَّكَ إِذَا نَسِيتَ وَقُلْ عَسَىٰٓ أَن يَهْدِيَنِ رَبِّى لِأَقْرَبَ مِنْ هَـٰذَا رَشَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar: «Alloh xohlasa», degin. Qachonki unutsang, Robbingni esla va: «Shoyadki, Robbim meni bundan yaxshiroqqa yaqin bo`lishimga hidoyat qilsa», degin.Магар: «Аллоҳ хоҳласа», дегин. Қачонки унутсанг, Роббингни эсла ва: «Шоядки, Роббим мени бундан яхшироққа яқин бўлишимга ҳидоят қилса», дегин.Alauddin Mansour: Magar «Inshoalloh – Alloh xohlasa», (deng! Bu soʻzlarni aytishni) unutib qoldirgan vaqtingizda (yodingizga tushishi bilan): Parvardigoringizni zikr qiling (yaʼni, «Inshoalloh», deng) va: «Shoyad Parvardigorim meni bundan ham (yaʼni, Ashobul-Kahf voqeasi haqida xabar berishdan ham) yaqinroq (mening haq paygʻambar ekanligimga yaxshiroq dalolat qiladigan) Toʻgʻri Yoʻlga hidoyat qilsa», deng!Магар «Иншоаллоҳ – Аллоҳ хоҳласа», (денг! Бу сўзларни айтишни) унутиб қолдирган вақтингизда (ёдингизга тушиши билан): Парвардигорингизни зикр қилинг (яъни, «Иншоаллоҳ», денг) ва: «Шояд Парвардигорим мени бундан ҳам (яъни, Асҳобул-Каҳф воқеаси ҳақида хабар беришдан ҳам) яқинроқ (менинг ҳақ пайғамбар эканлигимга яхшироқ далолат қиладиган) Тўғри Йўлга ҳидоят қилса», денг!
Insonning har bir harakati, ishi, hatto nafas olib-chiqarishi ham butkul Allohning irodasiga bogʻliqdir. Alloh taolo xohlasa, boʻladi, xohlamasa, boʻlmaydi. Shuning uchun, inson bu haqiqatni bir lahza ham unutmasligi, kelajakdagi reja va ishlarini Allohning xohishiga bogʻlab gapirishi kerak.
«Zinhor bir narsani: «Buni ertaga albatta qilguvchiman», dema, magar: «Alloh xohlasa», degin».
Yaʼni, kelajakda biron ish qilmoqchi boʻlsang, doimo «Inshoalloh, qilaman», deb ayt. Chunki, kelajak senga nisbatan gʻaybdir. Sal oʻtib nima boʻlishini oʻzing bilmaysan. Shuning uchun, kelajakdagi har bir ishni « Alloh xohlasa, qilaman», deb zikr etgin. «Inshoalloh» deyishni:
«Qachonki unutsang, Robbingni esla».
Yaʼni, unutib qoʻygan boʻlsang, yodingga tushishi bilan darhol esla:
«...va: «Shoyadki, Robbim meni bundan yaxshiroqqa yaqin boʻlishimga hidoyat qilsa», degin».
Doimo yaxshiroqqa yaqin boʻlishni umid qilgin va shuning uchun harakat etgin.
Bu tanbeh inson Allohni unutib, hamma narsani oʻzim qilaveraman, degan notoʻgʻri eʼtiqodga borib qolmasligi uchun lozim. Lekin musulmonlarda «Kelajak haqida oʻylash, reja tuzish, qatʼiyat bilan urinish behuda ekan-da», degan salbiy tushuncha paydo boʻlmasin. Chunki, musulmon inson kelajak haqida fikr qilishi, reja tuzishi, tadbirlar ishlatishi matlubdir.
Ayni choqda, Allohning iroda va xohishi insonning iroda va xohishidan doimo ustun turishini, uning xohlagani emas, Allohning xohlagani boʻlishini unutmasligi kerak. Agar rejalashtirgan ishi amalga oshsa, Alloh Oʻzi yordam berdi, deb shukr etadi va hovliqib ketmaydi. Mabodo, amalga oshmay qolsa, Allohning xohishi shu ekan, deb sabr qiladi va noumid boʻlmaydi.
Hozirgacha kahf egalarining gʻorda qancha muddat uxlaganlari aytilmagan edi. Kelasi oyatda bu narsa ochiq aytiladi: