وَلَبِثُوا۟ فِى كَهْفِهِمْ ثَلَـٰثَ مِا۟ئَةٍ سِنِينَ وَٱزْدَادُوا۟ تِسْعًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kahflarida uch yuz yil qoldilar va to`qqiz yil ziyoda ham qildilar.Ва каҳфларида уч юз йил қолдилар ва тўққиз йил зиёда ҳам қилдилар.Alauddin Mansour: Ular kahf — gʻorlarida uch yuz yil turdilar va yana toʻqqiz yilni ziyoda ham qildilar.Улар каҳф — ғорларида уч юз йил турдилар ва яна тўққиз йилни зиёда ҳам қилдилар.
Yigitlar kahflarida shamsiy yil hisobi boʻyicha uch yuz yil, qamariy yil hisobi boʻyicha uch yuz toʻqqiz yil qoldilar. Chunki shamsiy yuz yil qamariy bir yuz uch yilga toʻgʻri keladi, degan tafsirchilarimiz ham bor. Bu xulosa ularning oʻz ijtihodlaridir. Chunki, Qurʼoni Karimda ham, sunnati nabaviyada ham bu haqda, yaʼni, shamsiy va qamariy yil hisobi ushbu oyatda eʼtiborga olingani haqida aniq maʼlumot yoʻq. Shuning uchun, oyatda kelganini oʻz holicha qabul qilgan maʼqul.