QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят26

قُلِ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثُوا۟ ۖ لَهُۥ غَيْبُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ أَبْصِرْ بِهِۦ وَأَسْمِعْ ۚ مَا لَهُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَلِىٍّ وَلَا يُشْرِكُ فِى حُكْمِهِۦٓ أَحَدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ularning qancha qolganlarini Alloh yaxshi bilguvchidir. Osmonlaru yerning g`aybi Unga xosdir. U naqadar yaxshi ko`rguvchi va yaxshi eshitguvchi Zotdir. Ularga Undan o`zga do`st yo`qdir. Va U O`z hukmida hech kimni sherik qilmas», degin.«Уларнинг қанча қолганларини Аллоҳ яхши билгувчидир. Осмонлару ернинг ғайби Унга хосдир. У нақадар яхши кўргувчи ва яхши эшитгувчи Зотдир. Уларга Ундан ўзга дўст йўқдир. Ва У Ўз ҳукмида ҳеч кимни шерик қилмас», дегин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Ularning qancha turganlarini Alloh juda yaxshi bilguvchidir. Osmonlar va Yerning sirlari yolgʻiz Unikidir. U zot naqadar koʻrguvchi, eshitguvchidir! (Odamlar) uchun Undan oʻzga biron doʻst-madadkor yoʻqdir. U Oʻz hukmida hech kimni sherik qilmas».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Уларнинг қанча турганларини Аллоҳ жуда яхши билгувчидир. Осмонлар ва Ернинг сирлари ёлғиз Уникидир. У зот нақадар кўргувчи, эшитгувчидир! (Одамлар) учун Ундан ўзга бирон дўст-мададкор йўқдир. У Ўз ҳукмида ҳеч кимни шерик қилмас».

296-sahifa · 15-juz · 30-hizb296-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلِsen deginсен дегинٱللَّهُAllohАллоҳأَعْلَمُyaxshi bilguvchidirяхши билгувчидирبِمَاqanchaқанчаلَبِثُوا۟ ۖqolganlariniқолганлариниلَهُۥUnga xosdirУнга хосдирغَيْبُgʻaybiғайбиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlaruосмонларуوَٱلْأَرْضِ ۖva yerningва ернингأَبْصِرْnaqadar yaxshi koʻrguvchiнақадар яхши кўргувчиبِهِۦU zotУ зотوَأَسْمِعْ ۚva naqadar yaxshi eshitguvchiва нақадар яхши эшитгувчиمَاyoʻqdirйўқдирلَهُمulargaуларгаمِّن-dan-данدُونِهِۦUndan oʻzgaУндан ўзгаمِنhech qandayҳеч қандайوَلِىٍّۢdoʻstдўстوَلَاva emasва эмасيُشْرِكُsherik qilmasшерик қилмасفِى-da-даحُكْمِهِۦٓOʻz hukmidaЎз ҳукмидаأَحَدًۭاhech kimniҳеч кимни
TafsirТафсир

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qaratilgan bu xitobda masalaning hal qiluvchi bayonoti kelmoqda. Ular haqida har kim har narsa deyaveradi. Ammo:

«Ularning qancha qolganlarini Alloh yaxshi bilguvchidir».

Ha, faqat Allohgina bu ishlar haqida eng toʻgʻri maʼlumotlarga ega. Shuning uchun, Allohning maʼlumotlarini shundayligicha qabul etib, boshqa tomonga chalgʻimaslik zarur. Alloh nafaqat yigitlarning kahfda qancha qolganlarini, balki hamma gʻayblarni ham aniq biladi. Chunki:

«Osmonlaru yerning gʻaybi Unga xosdir».

Barcha gʻayb va nomaʼlum narsalarni faqat Alloh taologina yaxshi biladi.

«U naqadar yaxshi koʻrguvchi va yaxshi eshitguvchi Zotdir.»

Ana shunday sifatga ega boʻlgan Alloh subhanahu va taolo hamma narsani juda yaxshi koʻradi va hamma narsani juda yaxshi eshitadi. Uning ilmidan hech narsa chetda qolmaydi:

«Ularga Undan oʻzga doʻst yoʻqdir».

Yaʼni, osmonlaru yerdagilarga Allohdan oʻzga yordam beruvchi doʻst yoʻq.

«Va U Oʻz hukmida hech kimni sherik qilmas.»

Osmonlaru yerda faqat Allohning hukmi joriy boʻlishi kerak. Boshqaning hukmi joriy etilsa, Unga shirk keltirilgan boʻladi. Alloh esa, Oʻz hukmiga hech kimni sherik qilishni xohlamaydi va U zotning hukmi Qurʼoni Karimda kelgan: