QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят27

وَٱتْلُ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِن كِتَابِ رَبِّكَ ۖ لَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَـٰتِهِۦ وَلَن تَجِدَ مِن دُونِهِۦ مُلْتَحَدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga Robbing kitobidan vahiy qilinganini tilovat qil. Uning kalimalarini almashtirguvchi yo`q. Undan o`zga hech qanday panohni topa olmassan.Сенга Роббинг китобидан ваҳий қилинганини тиловат қил. Унинг калималарини алмаштиргувчи йўқ. Ундан ўзга ҳеч қандай паноҳни топа олмассан.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz faqat oʻzingizga vahiy qilingan Parvardigoringizning Kitobi — Qurʼonnigina tilovat qiling! Uning (Allohning) soʻzlarini oʻzgartiruvchi yoʻqdir. Hargiz Undan oʻzga biron panoh topa olmassiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз фақат ўзингизга ваҳий қилинган Парвардигорингизнинг Китоби — Қуръоннигина тиловат қилинг! Унинг (Аллоҳнинг) сўзларини ўзгартирувчи йўқдир. Ҳаргиз Ундан ўзга бирон паноҳ топа олмассиз.

296-sahifa · 15-juz · 30-hizb296-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱتْلُva tilovat qilва тиловат қилمَآnarsaniнарсаниأُوحِىَvahiy qilinganваҳий қилинганإِلَيْكَsengaсенгаمِن-dan-данكِتَابِkitobidanкитобиданرَبِّكَ ۖRobbingРоббингلَاyoʻqйўқمُبَدِّلَalmashtirguvchiалмаштиргувчиلِكَلِمَـٰتِهِۦUning kalimalariniУнинг калималариниوَلَنva hargiz emasва ҳаргиз эмасتَجِدَtopa olmassanтопа олмассанمِن-dan-данدُونِهِۦUndan oʻzgaУндан ўзгаمُلْتَحَدًۭاpanohniпаноҳни
TafsirТафсир

Borliqda Allohning hukmi joriy boʻlib, Uning hukmi Qurʼonda turganidan keyin:

«Senga Robbing kitobidan vahiy qilinganini tilovat qil».

Odamlar har bir narsada Allohning hukmi qandayligini tilovatingdan bilib olsinlar.

«Uning kalimalarini almashtirguvchi yoʻq.»

Yaʼni, Allohning kalimalarini oʻzgartiruvchi zot yoʻq. Agar birov Uning hukmiga yurmay, kalimalarini oʻzgartirishga harakat qilsa, oʻzidan koʻraversin:

«Undan oʻzga hech qanday panohni topa olmassan».

Panoh faqat Alloh taoloning Oʻzi. Unga osiy boʻlgan kimsa umuman panohsiz qoladi.

Iymon va eʼtiqod yoʻlida fidokorlik namunalari boʻlmish kahf egalari qissasi va unga izoh beruvchi oyatlardan keyin ahli iymon qadrlashi lozim boʻlgan xislatlar va ularga boʻladigan muomalalar, iymon-eʼtiqod tarozusida nimalarning vazni bor-yoʻqligi haqida soʻz ketadi: