وَٱصْبِرْ نَفْسَكَ مَعَ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُم بِٱلْغَدَوٰةِ وَٱلْعَشِىِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُۥ ۖ وَلَا تَعْدُ عَيْنَاكَ عَنْهُمْ تُرِيدُ زِينَةَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَا تُطِعْ مَنْ أَغْفَلْنَا قَلْبَهُۥ عَن ذِكْرِنَا وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ وَكَانَ أَمْرُهُۥ فُرُطًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut. Hayoti dunyo ziynatini xohlab, ulardan ikki ko`zingni burma. Qalbini O`z zikrimizdan g`ofil qilib qo`yganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib ishi izdan chiqqanlarga itoat qilma.Ўзингни эртаю кеч Роббиларига дуо қилиб, Унинг юзини ирода қилувчилар ила сабр этиб тут. Ҳаёти дунё зийнатини хоҳлаб, улардан икки кўзингни бурма. Қалбини Ўз зикримиздан ғофил қилиб қўйганларимизга ва ҳавойи нафсига эргашиб иши издан чиққанларга итоат қилма.Alauddin Mansour: Siz oʻzingizni erta-yu, kech Parvardigorlarining yuzini — roziligini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Koʻzlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini koʻzlab, ulardan oʻtib (oʻzga ahli dunyolarga boqmasin)! Va Biz qalbini Bizni zikr qilishdan gʻofil qilib qoʻygan, havoyi-nafsiga ergashgan va qilar ishi isrofgarchilik boʻlgan kimsalarga itoat etmang!Сиз ўзингизни эрта-ю, кеч Парвардигорларининг юзини — розилигини истаб, Унга илтижо қиладиган зотлар билан бирга тутинг! Кўзларингиз ҳаёти дунё зийнатларини кўзлаб, улардан ўтиб (ўзга аҳли дунёларга боқмасин)! Ва Биз қалбини Бизни зикр қилишдан ғофил қилиб қўйган, ҳавойи-нафсига эргашган ва қилар иши исрофгарчилик бўлган кимсаларга итоат этманг!
Ushbu oyati karimaning nozil boʻlish sababi haqida «Tafsiri Kabir»da quyidagilar rivoyat qilinadi: «Quraysh rahbarlari toʻplanib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borishdi va: «Agar bizning senga iymon keltirishimizni istasang, anavi faqir-fuqarolarni huzuringdan hayda», deyishdi. Ular bu gaplari bilan Bilol, Habbob, Suhayb va boshqalarni koʻzda tutgan edilar. Qurayshliklar yana: «Ular bilan bir joyda boʻlsak, koʻnglimiz ayniydi. Ular bilan birga toʻplanishga alohida vaqt tayin qilib qoʻy», deyishdi. Ana shunda Alloh taolo: «Oʻzingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut» oyatini nozil qildi».
Bu oyat Allohning oʻlchovida insonning qadr-qimmatini eʼlon etish uchun nozil boʻldi.
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam kimlarga eʼtibor berib, kimlar bilan suhbat qurishlari, kimlarga eʼtibor bermay, gapiga kirmasliklari lozimligini bayon etdi.
«Oʻzingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut.»
Garchi ular bilan birga turish qiyin boʻlsa ham, sabr-matonat talab qilsa ham, sabr etib, ular bilan birga boʻl. Ular birga boʻlishga arziydigan odamlardir. Chunki, ular «ertayu kech Robbilariga duo qilib» yashamoqdalar. Ular doimo Robbilariga bogʻlanib hayot kechirmoqdalar. Shu bilan birga, ularning maqsadlari oliydir. Ular:
«...Uning yuzini iroda qiluvchilar»dir.
Bu bandalar koʻrimsiz, kambagʻal boʻlishlari mumkin, ammo ular Allohning yuzini–roziligini iroda qilib yashamoqdalar. Ularning birdan-bir maqsadlari shu: Allohning roziligini topish. Shunday kishilar bilan boʻlmay, kim bilan boʻlasan? Sen ulardan hech qachon ajrama:
«Hayoti dunyo ziynatini xohlab, ulardan ikki koʻzingni burma».
Hayoti dunyoning ziynati oʻtkinchi narsa. Oʻtkinchi narsani deb boqiy narsadan ayrilib qolma. Ikki koʻzing doimo, Robbilariga ertayu kech duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilarda boʻlsin ulardan koʻzingni uzma.
«Qalbini Oʻz zikrimizdan gʻofil qilib qoʻyganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib ishi izdan chiqqanlarga itoat qilma.»
Bizning zikrimizdan gʻofil yurganlarga, agarchandiki, ular katta mansabdor, hasabiyu nasabi yuqori, boy-badavlat, kuchli-baquvvat boʻlsalar ham, itoat qilma. Chunki, Allohning zikridan gʻofil odamdan hech qachon yaxshilik chiqmaydi. Kim boʻlishidan qatʼinazar, Allohga boʻysunmay, havoyi nafsining yoʻliga yurganlarga itoat qilma. Chunki, Allohning yoʻlini qoʻyib, havoyi nafsiga berilib ketganlar yaxshilikni bilmaydi.
Islomda qadr-qimmatni oʻlchashda insonning iymon-eʼtiqodi, Alloh taologa boʻlgan bogʻlanishi, Unga itoati va ibodati hisobga olinadi. Mansab, amal, hasab-nasab, boylik, kuch va boshqa johiliy hisoblar oʻtmaydi. Islom tarozusi boʻyicha haq faqat bir tomondan boʻladi.
Ey Paygʻambar!